$
12190.43 UZS
49.05
162.09 UZS
1.83
14362.76 UZS
49.29
31° Kechasi 18°

Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimdan ozod etildi. U viloyat prokurorligiga tayinlandi

12:09 / 19.07.2019

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

«O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Akmalxo‘ja Mavlonov 2018 yilning avgustidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U endi 2019 yil martidan buyon Namangan viloyatiga prokurorlik qilib kelgan va shu kunlarda ishdan olingan Rashid Rahmatov o‘rnida ish boshlaydi.

Mavlonov prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori (2017 yil martigacha), Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari (2017 yil), Xorazm viloyati prokurori (2017 yil 8 oktyabridan 2018 yil 25 fevraligacha) lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yilning fevral oyidan 2018 yilning avgustigacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Bu ham qiziq

Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

11-mart kuni Toshkentda 3 nafar yigit haydovchilik guvohnomasiz, davlat raqami yechilgan hamda miltillovchi chiroqlar o‘rnat…
12:43 / 15.04.2026
Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

14-aprel kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” bekatidan yo‘lga chiqqan poyezdning uchinchi vagoni eshigi to‘liq yopilm…
12:35 / 15.04.2026
O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan

O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan

Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i …
17:30 / 14.04.2026
Poytaxt aeroportida 6,3 kg. “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

Poytaxt aeroportida 6,3 kg. “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

“Toshkent-Aero” IBKning “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari giyohvandlik vositalarini yashirincha o…
15:10 / 13.04.2026
Dono Boboxonova vafot etdi

Dono Boboxonova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. U milliy sahna san’ati rivoji…
15:16 / 15.04.2026
Sport ozuqasi kapsulalari ichidan sintetik narkotiklar aniqlandi

Sport ozuqasi kapsulalari ichidan sintetik narkotiklar aniqlandi

Sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan qo‘shimchalar ichidan qiymati 350 ming dollarga teng sintetik narkotik modda fosh etildi.
17:52 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

"Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun san’atsevar xalqimizni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni…
09:15 / 15.04.2026
Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozirda urush zonasida tobora ko‘proq Yevropada ishlab chiqarilgan dronlardan…
09:52 / 14.04.2026
“Xalqlar do‘stligi saroyi”dan bannerlar olib tashlandi

“Xalqlar do‘stligi saroyi”dan bannerlar olib tashlandi

Toshkent shahrida joylashgan “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida o‘rnatilgan reklama bannerlari olib tashlandi.
14:54 / 15.04.2026
Qozog‘istonda SpaceX mobil aloqasi qachon ishga tushadi?

Qozog‘istonda SpaceX mobil aloqasi qachon ishga tushadi?

Bosh vazir o‘rinbosari-sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev deputatlik so‘roviga javoban shunday de…
17:26 / 14.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!