Toshkent shahrida joylashgan “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida o‘rnatilgan reklama bannerlari olib tashlandi.
2026-yil 14-aprel kuni Shayxontohur tumanida Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida obyekt hududida ruxsatsiz reklama materiallari joylashtirilgani aniqlangan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlarida tashqi reklama joylashtirish taqiqlangani sababli barcha noqonuniy bannerlar zudlik bilan olib tashlandi. Mas’ullarga nisbatan ogohlantirish berilgan.
Madaniy meros agentligi barcha tashkilot va tadbirkorlarni tarixiy obidalarga hurmat bilan yondashishga chaqirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!