Tryufel konfetlarini yaxshi koʻrasizmi? Unday boʻlsa, ushbu desert ham sizga maʼqul kelishi turgan gap.
Kerakli masalliqlar:
• Qora shokolad – 400 gr
• Qaymoq – 200 gr
• Tuxum sarigʻi – 3 dona
• Issiq suv – 40 gr
• Tuz
Tayyorlanishi:
1. Qora shokolad kichik boʻlaklarga boʻlinadi va paketga solingancha issiq suv ichiga botirib turiladi.
2. Qaymoq qaynash holatiga keltiriladi va olov ustidan olinadi.
3. Tuxum sarigʻi alohida idishda issiq suv bilan aralashtiriladi.
4. Idish suv bugʻi ichiga joylashtiriladi va 2-3 daqiqa davomida venchik yordamida aralashtirib turiladi. Aralashma koʻpirishni boshlaganidan keyin olov oʻchiriladi.
5. Tuxum sarigʻidan tayyorlangan massa mikser yordamida koʻpirtirib olinadi.
6. Aralashma ichiga shokolad qoʻshiladi va koʻpirtirish davom ettiriladi.
7. Endi esa navbat qaymoqqa!
8. Massa toʻrtburchak qolip ichiga joylangach, ustidan yirik tuz sepiladi.
9. Desert bir kechaga muzlatgichga solib qoʻyiladi.
10. Tayyor desert qizdirilgan pichoq bilan bir nechta boʻlaklarga boʻlinadi va shu holatda dasturxonga uzatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!