Mashhur insonlarning: qo‘shiqchilarning, aktyorlarning, siyosatchilarning farzandlari doim paparatssilarning diqqat e'tiborida turishadi. Bu bolalar juda erkatoy va ancha tantiq bo‘lishadi.
So‘ngra ular voyaga yetishadi, ota-onalari singari omma e'tiboriga tushishadi va birdan yer yutganday g‘oyib bo‘lishadi. Endi ular ota-onalarining dashnomlari tugul, hatto qonunlarni ham mensishmay qo‘yishadi.
Ko‘pchilik mashhur insonlarning farzandi giyohvand moddalar atrofida o‘ralashib qoladi. Bu gap Jyeki Channing 32 yoshli o‘g‘li Jyeysiga ham talluqlidir. Politsiya boshida uni marixuana giyohvand moddasi iste'mol qilishda ayblagandi, so‘ngra uning uyidan 100 gramm narkotik modda ham topib olishdi. “O‘g‘ilcha” o‘yladiki hammasi oson bo‘ladi.
Ammo unga “Giyohvand moddalar iste'mol qiluvchilarga sharoit yaratib bergan” degan ayblovni qo‘yishadi. Xitoyda esa giyohvand moddalar ishlab chiqarish va ularga sharoit yaratib berish o‘lim jazosi bilan jazolanadi. Ammo hukumat bolakayga rahm qiladi. Unga uch yil qamoq jazosi beriladi. Ammo buning oxiri nima bilan yakunlanishini hech kim bilmaydi.
Bu kabi muammo kichik Robert Daunining o‘g‘li bilan ham mavjud. Yozda uni politsiyachilar sarmast holatda ushlab olishgan. Mashinasidan ko‘p miqdorda kokain moddasi topilgan.
Shuni alohida aytish kerakki, bu holatda ota o‘zini munosib tutdi, o‘g‘lining bunday holatda ushlab berishgani uchun politsiya xodimlariga minnatdorchilik bildirdi va 10 ming dollar garov evaziga o‘g‘lini reabilitatsiya kasalxonasiga yotqizdi.
Bryus Uillis hamda Demi Murning qizi Skaut Uillis ham alohida bir muammo. Uning “Instagram”dagi ahloqsizliklari uchun bir necha bor qattiq jazolashgan. Bundan tashqari u bu tarmoqda otasining ayollar kiyimidagi suratlarini chiqarib yuborgan, giyohvand moddalarini qabul qilishini tan olgan va hatto mastligi uchun hibsga olinganligini aytib o‘tgan.
Voyaga yetmagan Skaut ikki yil muqaddam jamoat joyida alkogol mahsuloti iste'mol qilgani uchun politsiyaga tushib qolgan edi. Uning hujjatlari tekshirilganda, u shaxsini tasdiqlovchi qalbaki hujjatlar olib yurgani ma'lum bo‘ladi. Bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Bir kechani panjara ortida o‘tkazgan qiz, o‘ziga tegishli xulosa chiqarib ololmadi. U hamon g‘alva orttirishda davom etmoqda.
Kameron Duglas tashqi ko‘rinishdan otasiga judayam o‘xshaydi, ammo iste'dod borasida bunday deb bo‘lmaydi. Bir necha suratga olingan omadsiz filmlaridan so‘ng, u giyohvand moddalar atrofida o‘ralashib qoldi. Bu muammo bilan u bir necha bor politsiya mahkamasiga olib borildi. Ammo tegishli xulosa chiqara olmagan “tilla bola” oxiri besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
U 2015 yilda ozodlikka chiqadi. U shunchalikka borib yetganki, hatto qamoq sharoitida ham giyohvand moddasi iste'mol qilishga jazm etadi. Shuning uchun uni yakka tartibdagi hibsxonada saqlashmoqda. Shoyadki, muddati tugagunga qadar aqli kirib qolsa.
Al Pachinoning qizi Juli-Mari ham yuqoridagi bolakaylardan qolishmaydi. 2011 yilda politsiya uni sarmast holatda mashina boshqarganlikda ayblab, hibsga olgandi.
Bu holatda u 90 kun davomida avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etildi va 300 dollar miqdorida jarima bilan jazolandi.
Rossiyalik “yulduz”larning bolalari hammadan o‘tib tushadi. Vasiliy Livanovning (Sherlok Xolms) to‘ng‘ich farzandi 2009 yilda qotillik tufayli 8 yilga qamalgan.
Boris Livanov tezda qo‘lga olingan, uning otasi esa o‘g‘lidan qo‘rqishligini keyinroq tan olgan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha bu ishga onasining ham qo‘li bor ekan.
Mixail Yefremovning o‘g‘li Nikita ham g‘alamis chiqib qoldi. O‘tgan yilning aprelida u Moskva markazidagi “Pekin” restoranida janjal chiqaradi. U kirakashni, so‘ngra politsiya xodimini haqorat qiladi. Shu bois u Rossiya qonunchiligida ko‘rsatilgan bezorilik bo‘yicha tegishli jazo olishga majbur bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!