Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Integratsiyalashgan jamoat transporti strategiyasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash” mavzusi muhokama etildi.
Oʻzaro muloqot chogʻida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxtimiz uchun transport infratuzilmasini takomillashtirish, ushbu yoʻnalishda xizmat koʻrsatishni zamon talablari darajasiga koʻtarish muhimligi va bu borada ilgʻor davlatlar tajribasi oʻrganilganini qayd etdi.
Shuningdek, bu borada Janubiy Koreyaning import va eksport banki mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlar boshlanganligini maʼlum qilib, mazkur uchrashuv birgalikdagi ishlarning amaliy natijalardan biri ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuvda Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari Syo Kyushik Oʻzbekiston va Koreya munosabatlari turli sohalarda taraqqiy etib borayotgani, xususan, Toshkent shahar hokimligi bilan Janubiy Koreyaning bir necha shaharlari, korxona va tashkilotlari qoʻshma loyihalarni amalga oshirayotganligini aytib oʻtdi.
Yigʻilishda Janubiy Koreyaning Eksimbanki tomonidan Toshkent shahar transport infratuzilmasi uchun yangi konsepsiya taqdim etildi.
Mazkur konsepsiyada berilgan takliflarda poytaxtimizda jamoat transporti yoʻnalishlarini koʻpaytirish va shu orqali poytaxtimizda shaxsiy avtotransportlar harakatini kamaytirish taklif etilgan. Koreyalik mutaxassislarning ahamiyatli takliflaridan yana biri – tezyurar avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish boʻlib, bu shahar ichida bir manzildan ikkinchisiga tez, oson va qulay yetib olishni taʼminlaydi. Qolaversa, konsepsiyada bu tizimdagi xususiy tarmoq ishini rivojlantirish kabi qator ilgʻor tashabbuslar ilgari surilgan boʻlib, endi Toshkent shahar hokimligi va poytaxtimizdagi jamoat transportiga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etish masalalari koʻrib chiqiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!