$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 5G tarmog‘i qachon ishga tushiriladi?

21:27 / 24.09.2019

Bugun, 24-sentyabr kuni, Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida ICTWEEK-2019 haftaligi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda “O‘zbektelekom” AK, Huawei kompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT texnoparki vakillari ishtirok etishdi. Mutasaddilar haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar, tanlovlar, xalqaro hamkorlik va boshqa muhim masalalar haqida ma'lumot berishdi. Jumladan, 5G tarmog‘i borasida “O‘zbektelekom” AK tijorat direktori v.b Alisher Zufarov kengroq axborot berdi. Bu haqida “Kun.uz” xabar bermoqda.

“Ko‘pchilik tarmoq foydalanuvchilari hali 5G tarmog‘iga tayyor emasliklarini aytishmoqda, chunki bu tarmoqqa ulanish uchun mos mobil qurilma bo‘lishi kerak. Aholi imkoniyatini hisobga olib, keyin texnologiyani yaxshilashga e'tibor bersak, ancha orqada qolib ketishimiz mumkin. 14-sentyabrda Toshkent univermagida test rejimida 5G’ni ishga tushirdik. Endi ertaga “O‘zekspomarkaz”da xuddi shu jarayon o‘tkaziladi. U yerda 5G tarmog‘iga ulangan smartfon, kompyuterlar namoyish etiladi. Bu tarmoqni keng foydalanuvchilarga taqdim qilishdan oldin qiladigan ishlarimiz ko‘p. Eng avvalo, malakali kadrlarni tayyorlash. Keyingi bosqichlarda 5G’ni aholi gavjum hududlarga o‘rnatish mo‘ljallangan. 

Shuningdek, qancha qurilma sotib olishimiz kerakligi, qancha mablag‘ ketishi masalalari ham bor”, deya Zufarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirishga kamida bir yoki bir yarim yil vaqt ketadi. Ba'zan rejalar amaliyotdan farq qiladi. Ko‘rsatilgan muddat qisqarishi ham mumkin.


Bu ham qiziq

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Bondi-bich plyaji Avstraliyaning eng mashhur plyaji bo‘lib, u ko‘plab syorfingchilarni va sayyohlarni o‘ziga…
15:51 / 14.12.2025
“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonda bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqt qidiruvda bo‘lgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyu…
11:54 / 14.12.2025
“Elektron retsept” tizimi bo‘yicha murojaatlar uchun “Call-markaz” tashkil etildi

“Elektron retsept” tizimi bo‘yicha murojaatlar uchun “Call-markaz” tashkil etildi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
14:34 / 13.12.2025
O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025
Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Myanmada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zb…
15:50 / 13.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!