$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Yelim qanday yopishadi? “Yopishuvchilar” haqida qiziqarli ma’lumot

15:23 / 19.01.2020

Kundalik hayotimizda, faoliyatimizda yelimdan ko‘p foydalanamiz. Ammo yelim qanday yopishishi yoki nima uchun yopishishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bo‘yoq, to‘qilgan mato, kollagen moddalari ham yopishish xususiyatiga egaliginichi? Ushbu maqola aynan “yopishuvchilarga” bag‘ishlanadi.

Yopishqoqlik
Ko‘pchilik suyuqliklar yopishish xususiyatiga ega: barmoq bilan tegib ko‘rilsa, ularning barmoqqa yopishishini ko‘rasiz. Masalan, moy, suv, sovun yoki oddiygina asalni olaylik. Yaxshihamki, mana shunday yopishqoq narsalarni o‘ziga shimuvchi, tanamizni yopishib qolishdan ehtiyotlovchi narsalar o‘ylab topilgan. Mana aynan shuning uchun sochiqlar o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishmoqda. Cho‘milish vaqtida suv tanaga yopishgancha pastga oqadi. Aksi bo‘lganda edi, biz suvda cho‘mila olmagan bo‘lardik. Suv sochiq bilan kontaktga kirishganda, sochiqdagi katta-kichik tukchalar, fitilkalar suyuqlikni o‘ziga shimib oladi. Teri qurib, sochiqning o'zi ho‘l bo‘ladi. Biroq suv bug‘lanish xususitatiga egali sabab u yelim vazifasini bajarolmaydi. Buyumlarni bir-biriga bir umrga yopishtirib qo‘yolmaydi.

Bo‘yoq ham yelim
Uzoq ajdodlarimiz g‘orlarga turli ma’no-mazmunni anglatuvchi suratlarni chizishda turli bo‘yoqlardan foydalanishgan. Ular ko‘mir, loy kabi turli minerallardan iborat aralashma bo'yoq vazifasini o'tagan. Ammo bu aralashma devorga yopishib turishi uchun unga moy, mum yoki tuxum qo‘shilgan ekan. Hozirgi bo‘yoqlar mana shunday ixtiro qilingan.  Aynan bo‘yoqlar hozirgi yelimlarning uzoq qarindoshlari.  

Lab bo‘yog‘i ham yopishadi
Kosmetikaning ajralmas bo‘lagi bo‘lgan lab bo‘yoqlariga ham moy va turli yog‘lar bilan aralashgan pigmentlar qo‘shilgani sabab u labga yopishib turadi. Umuman olganda, kosmetik vositalarning har qanday turi teriga yopishib turishi uchun ham unga turli moylar qo‘shiladi.

Tabiiy yelimlar
Daraxtlar yelim yetkazib beruvchi eng tabiiy vositachilardir.  Ulardan ajraluvchi qatron (masalan, qarag‘ay daraxtida) zo‘r yopishish xususiyatiga ega. Dunyoga mashhur, mustahkam va ishonchli yelimlarning aksariyati arab akatsiyasi, Bosvelliya, Kommifora deb ataluvchi bir qator daraxt va o‘simliklardan olinadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, daraxtlarga tabiiy yelimning nima keragi bor? Aynan shu yelimsimon moddalar daraxtlarni zararkunanda hasharotlarni himoyalaydi, ularni yopishtirib qo‘yib, nobud qiladi.   

Kollagen tabiiy yelim
Qushlarga bir nazar tashlang: ularning qanotlari tanaga yelim bilan yopishtirilganmi? Yo‘q, albatta. Ular tarkibi oqsildan iborat mushaklar yordamida tanaga mahkamlanib turadi. Inson tanasi ham shunday. Mana shunday yopishtiruvchi oqsil kollagen deb ataladi. Kollagendagi molekulalar bir-biriga mahkam bog‘lanib, mustahkam to‘qima hosil qilishadi. Bu to‘qimalar, suyak, mushak, teri tarkibida ham mavjud. Kollagenni ham yelimga qiyoslash mumkin.    

Va nihoyat, super yelim

Sianoakril yelim xalq orasida super yelim, deb nom olgan yelim juda g‘aroyib tuzilishga ega suyuqlik. Uning tarkibi ham moydan iborat. Yelim suv bilan kontaktga kirishganda suvdagi H2O molekulalari undagi sianoakril kislotasi bilan ta’sirlanishga kirishadi. Buning ta’sirida ular birikib, yanada qattiqroq molekula hosil qiladi. Aynan superyelim nam ob-havoda ham ta’sir qiladi va jismlarni bir-biriga mustahkam yopishtirib turadi.


Bu ham qiziq

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!