$
12410.99 UZS
-85.95
158.38 UZS
-1
14237.89 UZS
-167.33
40° Kechasi 24°

Mirziyoyev Mun Chje In bilan telefon orqali koronavirusga qarshi kurashish masalasini muhokama qildi

14:37 / 13.04.2020

Bugun, 13-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Suhbatda davlat rahbarlari an’anaviy do‘stona va samimiy ruhda ikki tomonlama alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy sohada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda ayrim mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almashdilar.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashishda hamkorlikni davom ettirish va sa’y-harakatlarni birlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun Mun Chje Inga samimiy minnatdorlik bildirdi. Xususan, mart oyining oxiridan mamlakatda koreyalik professor – epidemiolog mutaxassis faol ishlamoqda, bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Shu oyda mazkur diyordan yurtimizga yana bir tajribali mutaxassis – anesteziolog-reanimatologning kelishi kutilmoqda. Fuqarolarni evakuatsiya qilish va zarur tibbiyot vositalari yetkazish uchun charter reyslar tashkil etildi.

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirishga hamda O‘zbekistonda Koreya tibbiyotining, shu jumladan karantin tadbirlarini tashkil etish, kasalliklarni aniqlash va davolash, reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish, tibbiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ilg‘or tajribasini samarali joriy etishga qat’iy intilishlarini qayd etdilar.

Ikki davlat sog‘liqni saqlash vazirliklari va yetakchi tibbiyot markazlari o‘rtasida sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va tezkor hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Muloqotda Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va ilmiy-innovatsion hamkorlikda erishilgan sur’atlarni saqlab qolish masalalariga batafsil to‘xtaldilar.

Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalari hamda ushbu mamlakat Eksimbanki va “EDCF” jamg‘armasi ishtirokidagi ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarning amalga oshirilishi tahlil qilindi.

Savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni sezilarli darajada ortgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu ishbilarmon doiralarning o‘zaro qiziqishi kuchayib borayotganiga dalolat ekani haqida yakdil fikr bildirildi.

O‘tgan yil aprel oyida mamlakatimizga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish hamda Seulda bo‘lajak uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hukumatlari darajasida faol muloqotlar va almashinuvlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Telefon muloqoti yakunida Prezident Mun Chje In Koreya Respublikasi birodar O‘zbekistonga bugun dolzarb bo‘lib turgan qiyinchiliklar va zamonaviy xatarlarni tez fursatlarda yengib o‘tishda barcha zarur yordam va ko‘makni ko‘rsatishga tayyor ekanini yana bir bor bildirdi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘…
12:25 / 23.06.2025
O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

“Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi”, – deb xabar bermoqda “O‘zg…
14:35 / 23.06.2025
Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Reuters’ning xabar berishicha, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari Jenevada ertaga, 20-iyun kuni …
15:07 / 19.06.2025
Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

U odam savdosi jinoyati bilan qidiruvda bo‘lgan.
10:15 / 19.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqandda 1 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
12:43 / 21.06.2025
Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
16:26 / 23.06.2025
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
16:47 / 22.06.2025
O‘monda turmush o‘rtog‘i tomonidan tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol va farzandlari vatanga qaytarildi

O‘monda turmush o‘rtog‘i tomonidan tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol va farzandlari vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston diplomatlari sa’y-harakati bilan O‘monda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayolning O‘zbekistonga qaytishi …
10:07 / 21.06.2025
Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham o‘z fuqarolarini xavfsiz ravishda Vatani…
14:32 / 21.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!