$
11915.64 UZS
28.92
146.19 UZS
-0.18
13749.46 UZS
32.19
31° Kechasi 18°

O‘monda turmush o‘rtog‘i tomonidan tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol va farzandlari vatanga qaytarildi

10:07 / 21.06.2025

“O‘zbekiston diplomatlari sa’y-harakati bilan O‘monda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayolning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA. O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘monda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqaro I.S. murojaat qilib, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan O‘zbekistonga qaytishida yordam so‘rab murojaat qilgan.

Murojaatda qayd etilishicha, u 2019-yildan buyon O‘monning al-Bureymi shahrida, asli kelib chiqishi eronlik bo‘lgan, lekin hech bir davlat fuqaroligiga ega bo‘lmagan, Ali ismli shaxs bilan shar’iy nikoh asosida birga yashab kelgan. I.S. shar’iy eridan 2020-yilda va 2022-yilda farzandlarni dunyoga keltirgan. Oila boshlig‘ining hech qanday hujjatga ega emasligi va qonuniy nikoh shartnomasining yo‘qligi sababli farzandlarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish ham yillar davomida ortga surilib kelgan.

Shuningdek, oiladagi kelishmovchilik, noqonuniy erning farzandlarga nisbatan tez-tez kuch ishlatish holatlari va ularni al-Bureymi shahridagi xonadonda tutqunlikda saqlash holatlari ayolning O‘zbekiston elchixonasiga yordam so‘rab ariza yozishga undagan.

Arizada qayd etilgan holatlar batafsil o‘rganilganidan so‘ng, joriy yil 19-may kuni elchixona xodimlari al-Bureymi shahridagi I.S. ushlab turilgan xonadonga tashrif buyuradi. Diplomatlar ko‘magida ona va uning ikki nafar voyaga yetmagan bolalar Masqat shahriga olib kelinib, vaqtincha yashash uchun joy bilan ta’minlangan.

Shundan so‘ng, elchixona konsullik bo‘limi tomonidan O‘mon tegishli davlat idoralariga murojaatlar qilinib, I.S.ning voyaga yetmagan farzandlariga tug‘ilganlik haqidagi va vatanga qaytish uchun guvohnomalar rasmiylashtirildi. “Vatandoshlar” jamoat fondi va O‘zbekiston Migratsiya agentligi hamda Masqatdagi faol o‘zbekistonliklar ko‘magida mazkur oilaning O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachiptalar xarid qilingan.

Mazkur oila joriy yil 18-iyun kuni Masqat shahridagi xalqaro aeroportdan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.


O‘zbekiston


														
														Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

7 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida parvozlar xavfsizlig…
16:58 / 08.08.2026

														
														Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda ota-onalarga farzandiga otasining ismini familiya sifatida berish imkoniyati yaratiladi. Tegishli qonun 8 avgu…
15:31 / 08.08.2026

														
														Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

7-avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, taniqli kinoak…
09:26 / 08.08.2026

														
														AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi keng qamrovli sanksiyalarni nazarda tutuvchi “Lindsey O. Graham Sanctioning Russia and …
09:20 / 08.08.2026

														
														Abduqodir Husanovning bobosi vafot etdi

Abduqodir Husanovning bobosi vafot etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hos…
15:58 / 07.08.2026

														
														Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqali

Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqali

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining jamoat xavfsizligi va qon…
09:11 / 07.08.2026

														
														Bibisora Asaubayeva Samarqanddagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadi

Bibisora Asaubayeva Samarqanddagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadi

Qozog‘istonning yetakchi shaxmatchilaridan biri Bibisora Asaubayeva 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mamlakat ayollar ter…
15:16 / 06.08.2026

														
														O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 2026–2028 yillarda 463 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘na…
09:19 / 06.08.2026

														
														6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

5 avgust soat 20 dan 6 avgust soat 20 gacha
17:09 / 05.08.2026

														
														Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
16:02 / 05.08.2026

Bu ham qiziq

Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

7-avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, taniqli kinoak…
09:26 / 08.08.2026
Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan 597 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan 597 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan 597 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qayta…
09:26 / 07.08.2026
Hindistonda mashhur jurnalist zo‘rlash ishida aybdor deb topildi

Hindistonda mashhur jurnalist zo‘rlash ishida aybdor deb topildi

Hindistonning Mumbay Oliy sudi mashhur “Tehelka” jurnalining sobiq bosh muharriri Tarun Tejpalni hamkasbini zo‘rlaganlikda a…
16:25 / 06.08.2026
Bugun, 8-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 8-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI7 avgust soat 20 dan 8 avgust soat 20 gacha
16:45 / 07.08.2026
Toshkentda kvartiralar qimmatlashdi, hovlilar narxi pasaydi

Toshkentda kvartiralar qimmatlashdi, hovlilar narxi pasaydi

O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi choragidan boshlab uy-joy narxlari indeksini hisoblashning yangi metodologiyasi joriy et…
16:34 / 06.08.2026
Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

7 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida parvozlar xavfsizlig…
16:58 / 08.08.2026
“Bola qarash — ish emas”. Avstriya kansleri onalardan uzr so‘radi

“Bola qarash — ish emas”. Avstriya kansleri onalardan uzr so‘radi

Avstriya kansleri Kristian Shtoker farzandlarga g‘amxo‘rlik qilishni ish sifatida baholamaslik haqidagi bayonoti uchun onala…
14:44 / 08.08.2026
Abduqodir Husanovning bobosi vafot etdi

Abduqodir Husanovning bobosi vafot etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hos…
15:58 / 07.08.2026
Turkiyalik olimning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdim etildi

Turkiyalik olimning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdim etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbeki…
16:30 / 07.08.2026
AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi keng qamrovli sanksiyalarni nazarda tutuvchi “Lindsey O. Graham Sanctioning Russia and …
09:20 / 08.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!