$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Uy bekalari uchun: Oshirma xamir tayyorlash sirlari

09:54 / 23.04.2020

Oshirma (xamirturushli) xamirdan tayyorlangan har qanday yegulik xoh bayramona dasturxon, xoh oddiy kechki ovqat bo‘lsin barchaga birdek yoqadi. Ammo xamirli taomlarni chindan ham mazali, ajoyib va ishtaha ochar bo‘lishi uchun uning ayrim sirlarini bilib olishingiz kerak. Chunki oshirma xamir bekajonlardan yaxshigina e’tibor talab etadi. 
Bu borada o‘z ishining ustasi bo‘lgan xonimlar bugun qanday pishiriq tayyorlashni emas, balki mahsulotning xamirini qanday bo‘lishi haqida foydali maslahatlar beradi. Ulardan o‘zingiz uchun zarur bo‘lgan yangiliklarni bilib olishingiz mumkin. 

Asosan, xamir ikki xil uslubda tayyorlanadi: xamirturush (achiqi)li va xamirturush (quruq grojali)siz.

Xamirturush (achitqi)li xamir tayyorlash

Achitqi tayyorlab olish uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- bug‘doy uni – 1 oshqoshiq;
- sut – 150 ml.;
- shakar – 1 choyqoshiq;
- achitqi – 45 g.

Xamir uchun kerakli masalliqlar:

- bug‘doy uni – 1kg.;
- sut – 500 ml.;
- sariyog‘ – 125 g.;
- shakar – 1 stakan;
- tuxum – 2 dona.

Oz miqdordagi iliq sutga (agar sut issiq yoki sovuq bo‘lsa, achitqi ta’sirini to‘xtatadi) achitqi aralashtiriladi. Unga bir choyqoshiq shakar va bir necha oshqoshiq un qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan massa silliq holga kelgunicha aralashtiriladi. So‘ngra ko‘payishi uchun issiq joyga qo‘yiladi. Achitqi 2-3 marotabaga ko‘payganda qoriladi, yana qayta tushishni boshlaganda undan foydalanish mumkin.

Xamirni tayyorlash uchun ishni tuxum va shakarni yaxshilab aralashtirishdan boshlang. Keyin sut va tayyor achitqi qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan suyuqlikni elakdan o‘tkazilgan (elakdan o‘tkazilgan un kislorodga to‘yingan bo‘ladi. Bunday undan tayyorlangan xamir juda ajoyib chiqadi) unga quyiladi va yaxshilab xamir qoriladi. Qorish davomida sariyog‘ yoki o‘simlik yog‘i qo‘shiladi, istasangiz smetana qo‘shishingiz ham mumkin. Massa butunlay bir xil bo‘lgunga qadar hamma narsani aralashtirishda davom etiladi.

Tayyor bo‘lgan xamir 1-1,5 soatga achitish uchun qo‘yiladi. Bu vaqt mobaynida uning tarkibidan karbonat angidridni chiqarish uchun bir yoki ikki marotaba qorib turish kerak. 
Yodingizda bo‘lsin, xamir 1,5-2 marotaba ko‘paygan bo‘lsa, tayyor hisoblanadi. Uning achishdan to‘xtamasligi esingizdan chiqmasin,  aks holda sifati yomonlashadi. 

Xamirturush (achitqi)siz xamir tayyorlash

Achitqiga shakar sepiladi va sutning hammasi quyiladi. Qolgan masalliqlar ham aralashtirilgandan so‘ng yuqoridagidek xamir qoriladi. Tayyor massa idishda qopqoq bilan yopiladi va 1-2 soatga iliq joyga achitish uchun qo‘yiladi. 

Oshirma xamir tayyorlash uchun quyidagi har bir shartga amal qilish kerak: 
- barcha mahsulotlarning harorati bir xilda bo‘lishi kerak;
- un elakdan o‘tkazilishi zarur, kislorod bilan boyitilgan un bir xilda pishadi;
- xamirturush nam va och jigarrang bo‘lishi kerak; 
- xamir achitqisiz tayyorlansa, unga oddiy achitqi (droja)ni aralashtirish lozim; 
- xamir yaxshi achishi uchun uni issiq suvli idish yuqorisiga yoki minimal haroratli pechga qo‘yish mumkin; 
- tayyor bo‘lgan mahsulot 15-20 daqiqa turishi kerak; 
- xamirdan tayyorlangan mahsulot bir xilda bo‘lishi kerak, shunda ular bir vaqtda pishadi; 
- mahsulot yana ham mazali va ishtaha ochar bo‘lishi uchun pishirishdan bir necha daqiqa oldin ularga tuxum sarig‘ini surtib chiqish kerak. 
- agar shirinlik tayyorlayotgan bo‘lsangiz, pishishiga 15 daqiqa qolganda shakarli suv surtishingiz mumkin. 
- xamirturushli xamirdan tayyorlangan mahsulot sovigandan so‘ng kesilishi kerak. 

Nihoyat, xamir bilan kelisha olmasangiz, tayyor issiq yoki muzlatilgan ovqatlarga buyurtma berishingiz mumkin. Ular muzlatgichda uzoq vaqt saqlansa-da, o‘z xususiyatini o‘zgartirmaydi. Darrovgina pechda pishirib olsangiz kifoya. Albatta, ular dasturxoningiz ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlaydi.


Bu ham qiziq

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!