Parijda 5-dekabr kuni boshlangan transport xodimlarining keng koʻlamli ish tashlashi paytida 90 kishi hibsga olindi, deb xabar berdi mahalliy politsiya Twitter’dagi sahifasida.
Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, namoyishda ishtirok etish uchun 806 ming kishi tashrif buyurgan. Bosh Mehnat Konfederatsiyasi (Fransiya kasaba uyushmasi, CGT) ishtirokchilar sonini 1,5 million kishi deb baholadi, deya xabar beradi BMFTV.
Ish tashlash ishtirokchilari hukumatning rejalashtirilgan pensiya islohotiga qarshi chiqishmoqda. Energetika xodimlari, oʻqituvchilar va shifoxona xodimlari transportchilarga qoʻshilishdi. Fransiyada norozilik tufayli shaharlararo va shahar atrofidagi poyezdlar, aviakompaniyalar qatnovlar sonini kamaytirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!