$
12672.81 UZS
79.04
158.89 UZS
0.4
14753.69 UZS
55.5
38° Kechasi 25°

Apple'ning mahsulot sotish borasidagi siri

09:09 / 13.03.2015

“Apple” kompaniyasi o‘z magazinlari sotuvchilariga “Apple Watch” aqlli soatlarini qanday sotish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berdi. Kompaniyadagilar ko‘plab kishilar bu soatlarni sotib olishga qaror qilishganini, ularga faqat o‘zlariga mos modelni tanlashda yordam berish kerak degan fikrda.

“Apple” o‘z sotuvchilariga xaridorlarga kerakli modelni tanlashda yordam beradigan bir necha savollarni berishni tavsiya etdi. Masalan, sotuvchi xaridordan soatning qanday imkoniyatlari qiziqtirayotganini, undan nima maqsadda foydalanishini va o‘zi uchun olyaptimi yoki sovg‘agami, shularni so‘rashi mumkin.

“Apple” shuningdek, “Apple Watch” sotuvi “iPhone”ning yangi modellarini sotish uchun ham imkoniyat berishiga umid qilmoqda. Xaridorlardan ularning smartfonlarida “iOS 8” o‘rnatilganligi, qanday ilovalardan foydalanishlari, salomatlikni nazorat qiluvchi servislar qiziqtirishini so‘rashlari mumkin. Agar xaridorning ayfoni bo‘lmasa yoki modeli “Apple Watch”ga mos kelmaydigan bo‘lsa, sotuvchi unga yangi smartfon sotib olishni taklif qiladi.

“Apple Watch” uch xil variantda turli narx toifalarida chiqariladi: alyuminiy korpusli sport versiyasi, po‘lat korpusli qimmatroq modeli va bir necha ming dollar pulni ayamaydiganlar uchun tilla soatlar. 

“Apple” soatlari uchun aksessuarlar sotish ham biznesning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qabul qilinmoqda. Kompaniya sotuvchilari har bir xaridor uchun o‘ziga xos yondashuv asosida mahsulot taklif etadi. 

“Apple Watch” sotuvi apreldan boshlanadi. Dastlab soatlar AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Avstraliyada sotuvga chiqadi. Eng arzon model 349 dollardan sotiladi, eng qimmati esa mish-mishlarga qaraganda, 19999 dollar turadi.

O‘qishni tavsiya etamiz:

Samsung aqlli soatlariga internet-brauzer ishlab chiqildi

“Apple” qaysi qidiruv tizimini afzal ko‘radi?

Android va iOS: Ikki yetakchi mobil operatsion tizim

Smartfon akkumulyatoridagi quvvatni tugaguncha ishlatish kerakmi?


Bu ham qiziq

Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Shu haqidagi xabarlarga bank matbuot xizmati izoh berdi.
12:39 / 10.08.2025
G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

Uning ustiga insonparvarlik yordami yuklangan konteyner tushib ketgan.
11:58 / 10.08.2025
Ukraina ilk bor Rossiya tarkibidagi respublikaga hujum qildi

Ukraina ilk bor Rossiya tarkibidagi respublikaga hujum qildi

Hujum markazi neftni qayta ishlash zavodi bo‘ldi
19:07 / 10.08.2025
11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:06 / 10.08.2025
Fransiyalik ayol 21 yil ishlamasdan pul olgani uchun ish beruvchini sudga berdi

Fransiyalik ayol 21 yil ishlamasdan pul olgani uchun ish beruvchini sudga berdi

“Bunga chidash qiyin edi” – deydi ayol o‘z ko‘rsatmasida
22:36 / 10.08.2025
Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Bu haqda Sydney Morning Herald gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
11:27 / 11.08.2025
Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 11–14-avgust kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
22:40 / 09.08.2025
Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Poytaxt IIB bu haqda rasmiy bayonot berdi
20:45 / 10.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

O‘tgan hafta Putin bunday uchrashuvni izohlar ekan, hozircha Ukraina prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvi uchun “sharoitlar” …
10:59 / 10.08.2025
Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu “xizmati” evaziga avvalroq 450 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan.
12:49 / 11.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!