Insoniyat zanjabilning foydali xususiyatlaridan 5 000 yildan buyon bahramand bo‘lib kelmoqda. Hind va xitoy tibbiyotida ushbu ildiz deyarli eng qimmatbaho tabiiy dori, barcha kasalliklarga qarshi “mo‘jizaviy” hisoblangan. Zanjabil qoraqarag'ay ildizi bo'lib, yangi uzilgan, quritilgan, tuzlangan, maydalab kukun holiga keltirilgan ko‘rinishda xalq orasida foydalanib kelinadi. Shuningdek, sharbat yoki yog' shaklida ham uchraydi. Hatto pardoz vositalariga ham qo'shilishi uning chindan ham kuchli shifobaxsh vosita ekanligiga dalolatdir.
Zanjabilni vaqti-vaqti bilan iste’mol qilish, yoxud kuniga bir marta yetarli miqdorda choy yoki ovqatga solib tanovul qilishning foydalari haqida:
Qarish jarayonini sekinlashtiradi
Zanjabil kuchli antioksidantdir. Zanjabilning asosiy faol moddasi gingerol (zanjabil ildizida joylashgan noyob kimyoviy birikma) oksidlanish deb ataluvchi stress bilan kurashishga qodir. Oksidlanish stressi bu — tanada juda ko'p erkin radikallar to'planadigan jarayondir. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, sog'lom hujayralarga zarar yetkazadigan haddan tashqari faol molekulalar hisoblanadi. Aynan ruhiy tushkunlik qarish sabablaridan biridir. Zanjabil vositasida esa hujayralar zararli ta'sirlarga chidamli bo'ladi.
Ko'ngil aynish holatlari kamayadi
Zanjabil quyidagi hollarda kelib chiqadigan ko'ngil aynishida samarali yordam beradi:
-homiladorlikning birinchi uch oyligida;
-dengiz kasalligiga chalinganda;
-kimyoterapiya muolajasi davrida;
-qon bosiminig ko'tarilishi va boshqa hollarda.
Yuqoridagi hollarda ham kasallik bilan kurashish yana gingerol tomonidan “ijro” etiladi. Zanjabil, shuningdek, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
Qondagi qand miqdorini me’yorida ushlaydi
Shu bilan birga, gipertenziya, semirish, o't toshlari kasalligi va glyukoza darajasining oshishi bilan bog'liq boshqa holatlarda rivojlanish xavfi kamayadi.
Agar sizda allaqachon 2-toifa qandli diabet bo'lsa, zanjabil bu kasallik bilan bog'liq asoratlar xavfini minimallashtirishga yordam beradi.
Faol bakteriyalarga qarshi turadi
Antibiotiklarni iste'mol qilishga haddan tashqari ruju qo‘yish zamonaviy tibbiyotning jiddiy muammolaridan biridir. Oddiygina shamollash (o’tkir respirator virusli infektsiya)ni antibiotiklar bilan davolashga harakat qilish insoniyat sog'lig'iga qanchalik jiddiy zarba bo‘layotganini tushunishmayapti. Shu bilan birga, antibiotiklardan asossiz foydalanish organizmda bakteriyalarning ko'payishiga olib kelishi allaqachon o‘z isbotini topgan. Bu shuni anglatadiki, kecha davolanish oson bo'lgan bakterial infeksiyalarga bugungi dori-darmonlar orqali shifo topish qiyinlashadi. Buning nimaga olib kelishini esa tushuntirishga hojat yo'qdir.
Olimlarning ta'kidlashicha esa, aynan zanjabil ko'plab bakterial kasalliklarni davolashda juda muhim ahamiyatga egadir.
Og'iz bo'shlig'ining holatini yaxshilaydi
Zanjabil milk kasalliklari, xususan, gingivit, periodontit, og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyalari, ildiz kanallari va boshqalarga sabab bo'lgan patogen bakteriyalarning faoliyatini to'xtatadi. Kuniga bir marta yangi zanjabilni chaynash yoki og'izni zanjabil damlamasi bilan chayish kifoya, tishlar salomatligi o‘z holiga qaytadi.
Xotirani va fikrlash tezligini yaxshilaydi
O'rta yoshli ayollar ishtirokidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, zanjabil miya yarim sharidagi yoshga bog'liq o'zgarishlarni sezilarli darajada sekinlashtiradi. Ikki oy davomida zanjabil ekstrakti tabletkasini qabul qilgan kishi xotirasi, fikrlash tezligi va o‘rganish qobiliyati yaxshilanganini tasdiqladi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, zanjabil Altsgeymer kasalligiga qarshi himoya vositasi ham hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!