“Tez yordam” mashinasi o‘tib ketishiga xalaqit bergan haydovchilarga jarima miqdori oshirilishi mumkin.
Bu haqida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.
Qonun loyihasida yozilishicha, ushbu modda birinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtiriladi.128-5-moddaning birinchi qismiga muvofiq: “Transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi – eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
Ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Tez yordamga “yordam” kerak(mi?) yoxud tibbiyot xodimlariga tajovuzlar sababi nimada?
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!