$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

Eng kuchli qiruvchi samolyotlar

09:47 / 29.03.2015

XABARDOR.UZBir asrlik tarixi davomida avialoiyhachilar turli xil aviasamolyotlar ixtiro qilishdi. Samolyotlarni harbiy ishlarda ishlatish g‘oyasi Birinchi jahon urushida paydo bo‘lgandi va jang qilayotgan davlatlar ulardan uch maqsadda foydalanishdi. Birinchisi bombardimon qilish, ikkinchisi razvedka, uchinchisi esa dushman samolyotlarini urib tushirish maqsadida. To‘xtovsiz bo‘layotgan janglar sabab sifatsiz va kuchsiz samolyotlar yo‘q bo‘lib, ularning o‘rniga yanada yaxshilari ishlab chiqarilaverdi. Oqibatda hozir siz guvohi bo‘ladigan qiruvchi samolyotlar paydo bo‘ldi.

O‘z davlatlarining harbiy havo kuchlarida xizmat qilish davrida ular havoda tengsiz ekanliklarini isbot qilishdi. Ko‘rib turgan samolyotlaringizning har biri kuchli mashinalar hisoblanadi. Xoh harakatlanishda bo‘lsin, xoh zamonaviy qurollar bilan qurollanishda va radarga ko‘rinmaydigan texnologiyaga ega bo‘lsin ular eng yaxshilari hisoblanadi. 

Su-35

Rossiyada ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyot. Su-35 osmonga ko‘tarilgan “temir qush”larning eng tez harakatlanadigani hisoblanadi.

The Chengdu J-20

J-20 — Xitoyda ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlarning beshinchi avlodi hisoblanadi. Bu mashina haqida juda kam ma'lumot bor. U fazoviy kemaga o‘xshashdan tashqari stels-texnologiyasi ostida ishlab chiqarilgan.

F-35

AQSh harbiy havo kuchlaridagi qimmatbaho, ishonchli, tik holatda ucha oladigan va qo‘na oladigan qiruvchi samolyot.

The Eurofighter Typhoon

“F-18 Super Hornet” bilan raqobatchi va sotilish jihatidan uni dunyodagi eng yaxshi samolyot deyish mumkin.

T-50

Rossiyada ishlab chiqarilan beshinchi avlod qiruvchi samolyoti. Amerikaning F-22 va F-35 samolyotlariga to‘liq qarshilik ko‘rsata oladi. Bu samolyot bilan to‘liq ta'minlangan Rossiya aviatsiya qo‘shini 2020 yilda tayyor bo‘ladi.

Saab Gripen

VAYe va Shvetsiya kompaniyasi “Saab Gripen” tomonidan ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyot. Bir vaqtning o‘zida qo‘lga oluvchi, razvedkachi va hujum qiluvchi bo‘la oladi.

AS-130

Tish-tirnog‘igacha qurollangan og‘ir hujum samolyoti. Unga 60 mm. li  pulemyotdan tortib, 105 mm. li artilleriya snaryadlarigacha o‘rnatilgan.

MiG-35

Rossiyada ishlab chiqarilgan, katta imkoniyatlarga ega qiruvchi samolyot. Xalqaro qurol-yaroq bozorlarida undan katta umid qilishmoqda. U MiG-29 ning o‘rniga ishlab chiqarilgan.

Tejas

Hindistonning yengil qiruvchi samolyoti. Bu samolyot havoda harbiy topshiriqlarni bajarish va aviatsiyaning ko‘magi kerak bo‘lganda yordam berish uchun AQSh bilan birga ishlab chiqarilgan mashinasi.

Chengdu J-10

Rossiya va Xitoy hamkorligida “Saturn” NPO kompaniyasi dvigatellari o‘rnatilgan Xitoyning bir o‘rinli qiruvchi samolyoti. G‘arbda “Chaqqon ajdar” (Vigorous Dragon) nomi bilan mashhur.

The B-2 Spirit

Sezilmas va ajal olib keluvchi bu og‘ir AQSh bombardimonichisi stels-texnologiyasi ostida ishlab chiqarilgan. Uning qoplamasi to‘lqin yutuvchi bo‘lib, u umuman radarlarda ko‘rinmaydi.

“Rafale”

Fransiyada ishlab chiqarilgan ikki matorli qiruvchi samolyot. Bu mashina havoda samolyot qanday harakat qilishligi mumkinligi bilan mo‘jiza ko‘rsatishi mumkin.

F-18 Super Hornet

Dunyodagi eng ishonchli samolyotlardan biri. Xalqaro bozorda “Saab Gripen” va “Typhoon”ning raqobatchisi.

The Shenyang J-31

Xitoyning F-22 va F-35 larga o‘xshatib yasamoqchi bo‘lgan va ishlab chiqargan eng yaxshi samolyoti.

Tu-160

Tupolev OKBda ishlab chiqarilgan ovozdan tez uchar raketa tashuvchi bombardimonchi samolyoti. 

F-22 Raptor

AQShning bu samolyoti dunyoda birinchi ko‘p masshtabli qiruvchisi bo‘lib, u beshinchi avlodga mansub. Uni ishlab chiqarish uchun soliq to‘lovchilarning 70 mlrd. dollar puli sarflangan. Bu rekord darajadir. Juda qimmat bo‘lganligi sababli uch yil oldin uni ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilgan.

A-10 Thunderbolt

O‘zini g‘alati laqabi “warthog” (darranda) va antiqa ko‘rinishiga qaramay Fors ko‘rfazidagi urushda nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. 

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.

 

 


Bu ham qiziq

Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Ular odam o‘ldirish va suiqasd kabi bir qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
12:03 / 03.07.2025
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar…
11:10 / 03.07.2025
AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

Xabar berilishicha, AQSh Senati “One Big Beautiful Bill” nomli soliqlar va byudjet xarajatlariga oid keng qamrovli qonun loy…
16:40 / 02.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025
Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Raybird turkumidagi razvedka dronlari Britaniyada ishlab chiqariladi va Ukraina hamda NATO armiyalariga yetkazib beriladi.
16:51 / 03.07.2025
Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
10:02 / 02.07.2025
Yigit kishiga qirq hunar oz

Yigit kishiga qirq hunar oz

Namangandagi koloniyadagi mahkumlarga oshpazlikdan saboq berildi
22:23 / 03.07.2025
Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahrida …
18:07 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!