$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Nyu-York haqda 25 ta g‘aroyib fakt

08:30 / 20.10.2015

Nyu-York — ajoyib shahar. Bugun biz sizga u bilan bog‘liq 25 g‘aroyb faktlarni keltirib o‘tamiz. Ayni damda u yerda 8,4 million kishi yashaydi! Ammo undan ham qiziqarlilari bor...

1.​ Nyu-York metrosida 12 152 xil tirik mavjudot turi uchraydi (hashorat va bakteriyalar shular jumlasidandir).

2.​ Favqulodda holatlardan tashqari, Nyu-Yorkda signal chalish taqiqlanadi. Ammo baribir shunday qilishadi!

3.​ 1789 yilda shahar AQShning birinchi poytaxti bo‘lgan. Faqatgina bir yilga.

4.​ 2018 yilda Nyu-Yorkda birinchi yer osti xiyoboni ochiladi.

5.​ Shaharda derazasiz osmono‘par bino mavjud.

6.​ Manxetten mahalliy aholi tomonidan 1626 yilda, hozirgi qiymat bilan taqqoslaganda ming dollarga sotib olingan.

7.​ Nyu-yorkliklar bir yilda odamlarni akulalarga qaraganda ko‘proq tishalashdi.

8.​ Shahar hokimligi qishda temir yo‘llar muz bilan qoplanmasligi uchun uni qizdirishadi.

9.​ Nyu-Yorkda qotilliklarga qaraganda, o‘z joniga qasd qilish ko‘proq uchraydi.

10.​ Shahardagi markaziy xiyobon yonida xot-dog sotadigan joyni ishlatish yiliga taxminan 300 ming dollarga tushadi.

11.​ “Manxetten” so‘zi hindular tilida “ko‘plab tepaliklarga ega orol” sa'nosini beradi. Yillar o‘tib, shahardagi qurilish ishlarini rivojlantirish maqsadida tepliklar tekislab tashlangan.

12.​ Nyu-York Varshavadan keyin eng ko‘p polyaklar yashaydigan shahar hisoblanadi.

13.​ Shaharning deyarli yarim aholisi o‘z uyida inglizcha gapirmaydi.

14.​ Nyu-Yorkda Walmart do‘konlari mavjud emas.

15.​ Nyu-York xitoyliklar eng ko‘p yashaydigan Osiyoga kirmaydigan shaharlar qatorida birinchi o‘rinda turadi. U Isroildan tashqarida eng ko‘p yahudiylar yashaydigan shaharga ham kiradi.

16.​ Har bir 38-amerikalik Nyu-Yorkda yashaydi.

17.​ Shaharda AQShning boshqa hududlariga qaraganda sakkiz marta ko‘p qahva ichishadi.

18.​ Jahonning 25 foiz oltin yombilari shahardagi Uoll-strit yerto‘lasida saqlanadi.  (Federal zaxiralar banki).

19.​ Har bir 21-Nyu-yorklik millioner hisoblanadi.

20.​ Nyu-York toza suv tizimida ko‘zga tashlanmas, zararsiz, kopepod deb nomlangan qisqichbaqa yashaydi.

21.​ Shaharda janubiy qutbda joylashgan boshqa hududlarga qaraganda 15 marta ko‘p qor yog‘adi. (Hatto Antarktikada ham bunday emas. Chunki u cho‘l bo‘lib, bulutli havo deyarli uchramaydi).

22.​ Eynshteynning ko‘zi shaharning qaysidir bir seyfida saqlanadi.

23.​ Empayr-steyt-bildingning o‘z pochta indeksi bor.

24.​ Nyu-Yorkda 800 turli tilda gaplashishadi va shahar jahondagi eng ko‘p turli tillarda gaplashiladigan joy hisoblanadi.

25.​ Uzoq vaqt mobaynida “Katta olma” (Nyu-Yorkni shunday deb atashadi) atamasi qayerdan kelib chiqqani noma'lum, deb hisoblab kelinardi. Ammo Missuri fan va texnologiya universiteti tadqiqotchilari bu etimologiya haqda yangilik aytishdi. Qadimda shahar atrofida juda ko‘p miqdorda olma yetishtirishgan ekan. (Otlar uchun bo‘lsa kerak, chunki otlar olmani yaxshi ko‘rishadi). Bu atamani esa birinchi bo‘lib, Jonom Fits Jyerald The New York Morning Telegraph jurnalistlariga bergan intervyusida qo‘llagan. O‘shanda u “Katta olma”ga ketayotganini ma'lum qilgan.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi

 

 


Bu ham qiziq

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
Belarus prezidenti Emmanuel Makronga tabrik yo‘lladi

Belarus prezidenti Emmanuel Makronga tabrik yo‘lladi

U maktubida fransuz xalqiga tinchlik va osoyishtalik tiladi
20:06 / 14.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganis…
14:18 / 15.07.2025
O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
Toshkent shahar prokurori lavozimidan ozod qilindi

Toshkent shahar prokurori lavozimidan ozod qilindi

Prezident administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i tayinlandi.
09:53 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!