$
12904.51 UZS
-33.42
161.99 UZS
0.89
14575.64 UZS
-89.5
27° Kechasi 16°

Li Kuan Yu - "Iqtisodiy mo‘jiza" asoschilaridan biri

06:58 / 31.03.2015

Li Kuan Yu 1923 yilda Guandun provinsiyasidagi Meychjou degan joyda tug‘ilgan. Bolaligida Britaniya ta'limini olgan. 12 yoshli paytida yetakchi mahalliy ingliz maktabi "Raffles"ga qabul qilindi. 18 yoshida aynan o‘sha maktab yuqori bosqich ta'limiga qabul qilingan, ammo Singapurdagi yapon agressiyasi tufayli o‘qishni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Urushdan keyin Li Kuan Yu qirol stipendiyasini yutib oldi va Buyuk Britaniyaga o‘qishga ketdi. Rasmda Li Kuan Yuning kichik maktabdagi payti.

O‘qishning boshlang‘ich davrida London iqtisodiyot maktabida shug‘ullandi, keyin esa Kembrij universitetining yuridik fakultetiga o‘tkazildi. U o‘qishni huquq va iqtisod bo‘yicha ikkita "qizil" diplomat bilan 1949 yilda tamomlagan. 1950 yilda esa Londonda faoliyat yuritish bo‘yicha huquqni qo‘lga kiritdi. Suratda Li Kuan Yu ota-onasi, aka va singillari bilan birga.

O‘qish davrida Li Kuan Yu butun umri davomida uning yonida bo‘lgan bo‘lajak rafiqasi Kva Dik Chu bilan tanishdi. Ular Kembrij universitetining yuridik fakultetida bitta guruhda ta'lim olishgan. Suratlarda Kuan Yu i Kva Dik Chu Kembrijda 

1947 yilning dekabr oyida Kuan Yu va Kva Dik Chu o‘z nikohlarini rasmiylashtirdilar. 1950 yilda esa Singapurga qaytib, "Raffles" mehmonxonasida rasmiy banket uyushtirishgan.

1952 yilda Li Kuan Yuning ilk farzandi - Li Syan Lun dunyoga keldi. Rasmda Li Kuan Yu rafiqasi va o‘g‘li bilan uyda.

Li Kuan Yu va rafiqasi uchta farzand ko‘rdilar: katta o‘g‘il Li Syan Lun, ikkinchi o‘g‘il Li Syan Yan va qizi Li Vey Lin. Rasmda Li Kuan Yu va uning uch farzandi uyda shaxmat o‘ynamoqdalar.

1959 yilda Singapur Britaniya koloniyasidan ozod bo‘ldi va avtonom davlatga aylandi. Li Kuan Yu 31 yillik karerasini boshlab, bosh vazir lavozimiga ko‘tarildi. Suratda 1959 yilning 3 iyuni, Li Kuan Yu g‘olib bo‘lganidan so‘ng uning tarafdorlari hukumat uyi oldida to‘planishgan. Li Kuan Yu mushtini tepaga ko‘tarib, olomon bilan birgalikda "Merdeka!", "Merdeka!" (Ozodlik! Ozodlik!) deya hayqirmoqda.

1964 yilda Malayziya va Singapurning birlashuvidan so‘ng, ommaviy tartibsizliklar avj oldi. 29 iyulda Li Kuan Yu qashshoq tumanlardan biriga tashrif buyurib, Malayziya fedaral hukumatini "etnik shovinizm" siyosatini olib borishda ayblab, nutq so‘zladi.

9 avgustda Malayziya Kongresi Singapurni Federatsiya tarkibidan chiqarishga rozilik bildirdi. Li Kuan Yu matbuot anjumanini o‘tkaza turib, insonlarga murojaat etdi va ularni xotirjamlikni saqlashga chaqirdi, ammo uning o‘zi his-tuyg‘ularini bazo‘r ushlab turdi.

1976 yilning 12 may kunida Li Kuan Yu ilk tashrif bilan Xitoyga yo‘l oldi va 83 yoshli Mao Tszedun bilan uchrashdi.

1979 yilning 13 iyunida G‘arbiy Germaniyaga amalga oshirgan safarida Li Kuan Yu Berlin devori yonida turib, Sharqiy Germaniya tomonga qaramoqda.

1988 yilda Milliy kunda bo‘lib o‘tgan mitingda Li Kuan Yu televizor orqali murojaat qildi. Rahbarlik reja asosida 1990 yilda Go Chok Tonga berilishi haqida gap ketganda, Li Kuan Yu shunday dedi: "Men hatto o‘ringa mixlanib qolganimda ham yoki meni dafn etayotganingizda ham, agar menga yoqmagan nimadir sodir bo‘lsa, men baribir o‘rnimdan turaman".

1996 yilning 22 dekabrida Xalq harakatining mitingida Singapurning amaldagi vaziri Go Chok Tong Li Kuan Yu bilan suhbatlashmoqda.  Go Chok Tong Singapurning ikkinchi bosh vaziri bo‘ldi.

2009 yilning 14 noyabri. Singapur. Li Kuan Yu, Barak Obama va Xillari Klinton kechki ziyofatda.

2010 yilning oktabr oyida Li Kuan Yuning rafiqasi Kva Dik Chu xonim 89 yoshda vafot etdi. Suratda Li Kuan Yu rafiqasining dafn marosimida.

Dafn marosimida Li Kuan Yu barmoqlarini lablariga tekkizdi, keyin rafiqasining yuzlarini siladi va so‘nggi marotaba bo‘sa oldi. Motam nutqida u shunday dedi: "U bo‘lmaganda men umuman boshqacha hayot kechirib, boshqa odam bo‘lardim".

2011 yilning 14 mayida Li Kuan Yu o‘z iste'fosi haqida e'lon qildi, bu butun bir davrning tugaganligini anglatar edi. Suratda Li Kuan Yu o‘z maslakdoshlariga qo‘lini silkitmoqda.

2013 yilning 6 avgust kuni Li Kuan Yuning "Bir insonning dunyoga nigohi" ("One Man's View of the World") nomli yangi kitobi chiqarildi. U kitobda o‘lim haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: "Men 89 yoshdaman, bu muammoni chetlab o‘tishning zaruriyati yo‘q. Tezkor o‘lim uzoq vaqt komada bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroq".

2013 yilning 6 avgustida Li Kuan Yu Prezident saroyida o‘z kitobi taqdimotida ishtirok etdi. Bu uning internetda topish mumkin bo‘lgan so‘nggi surati. 


Bu ham qiziq

AQSh xorijga yordam uchun ajratilgan 250 mln dollarni migrantlarni deportatsiya qilishga sarflaydi

AQSh xorijga yordam uchun ajratilgan 250 mln dollarni migrantlarni deportatsiya qilishga sarflaydi

Shu bilan birga, The Washington Post’ning qayd etishicha, o‘tgan hafta Ichki xavfsizlik vazirligi va Davlat departamenti 250…
11:23 / 22.05.2025
Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22-may kuni soat 12:43 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shox ko‘chasidagi qurilish obyektida yong‘in r…
14:09 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
16:48 / 21.05.2025
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita firibgarlarda ogohlikka chaqirdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita firibgarlarda ogohlikka chaqirdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolarga murojaat qilib, ularni har qanday noqonuniy yo‘llar bilan hajga bormaslikka chaqird…
16:02 / 22.05.2025
“Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqda” – Zelenskiy

“Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqda” – Zelenskiy

Uning ta’kidlashicha, Kiyev Moskvaga bosim o‘tkazish va uni “o‘z xatti-harakatini o‘zgartirish”ga majburlash uchun hamkorlar…
10:18 / 21.05.2025
Eron Isroilning ehtimoliy zarbasiga qat’iy javob berishni va’da qildi

Eron Isroilning ehtimoliy zarbasiga qat’iy javob berishni va’da qildi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) rasmiy vakili general-mayor Ali Muhammad Nainiy Eron yadroviy obektlariga zarba …
17:35 / 22.05.2025
22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:01 / 22.05.2025
Urganch shahridagi Markaziy bank binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Urganch shahridagi Markaziy bank binosida yong‘in sodir bo‘ldi

“Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q” – deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
18:41 / 22.05.2025
O‘zbekistonda 4 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 4 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar-aprel oylarida 122 384 dona har xil turdagi yengil av…
12:25 / 22.05.2025
Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida vaqtincha tabiiy gaz bo‘lmaydi

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida vaqtincha tabiiy gaz bo‘lmaydi

Ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 21…
10:18 / 21.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!