$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

O‘zbekistonda mahalliy va xorijlik yosh turistlarga “Work&Travel” dasturi joriy etiladi

10:29 / 13.12.2019

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatning tashkiliy mexanizm va chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, Yoshlar turizmini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, shu jumladan xorijlik yosh turistlarga ishlash bilan birgalikda sayohat qilish imkoniyatini yaratish maqsadida “Work&Travel” (ish va sayohat) dasturini joriy etish mexanizmi va tashkiliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Hujjat loyihasida mazkur vazifani ijrosi uchun mas’ullar etib Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (A.Sa’dullayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A.Aqqulov)lar belgilangan.

Bundan tashqari, qarorda nogironligi bo‘lgan yoshlar va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun O‘zbekiston bo‘ylab bepul sayohatlar tashkil etish, nogironligi bo‘lgan yoshlar sayohat qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tegishli jamoat tuzilmasi tashkil etish orqali “Charity Tour” loyihasini amalga oshirish vazifalari ham belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, yoshlarni ichki turizmga faol jalb qilgan holda ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida turizm mavsumi past davrda (yanvar-mart) “Tourism challenge” (Turizm chorlovi) tanlovi o‘tkaziladi.


Bu ham qiziq

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Hukumatning 2-avgustdan kuchga kirgan “Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarg…
14:30 / 03.08.2025
4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025
Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:31 / 02.08.2025
“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

Kelajakda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi
20:42 / 02.08.2025
Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Yillik gaz yetkazib berish hajmi 1,2 milliard kub metr gazni tashkil qilishi bildirildi.
16:32 / 02.08.2025
Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Hujjat muhokama uchun taqdim etilgan va hali tasdiqlanmagan.
16:24 / 03.08.2025
AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025
Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!