Tomoshabinlar filmni ijobiy va salbiy qahramonlari uchun ham sevib tomosha qiladi. Aslida ijobiy qahramonning o‘rni va ahamiyati undagi salbiy rollar ta’sirida namoyon bo‘ladi. Shu xususda, kino sanoatida yovuz rollarni ijro etgan eng mashhur qahramonlar nomi ma’lum qilindi. RottenTomatoes xizmati tanqidchilari Google va Wikipedia’ni ostun-ustun qilib, qaysi kino qahramonlari eng ko‘p tomosha qilinganligini kuzatib chiqishdi.
• Reytingning yetakchiligi Josh Brolin tomonidan ijro etilgan Tanos kino qahramoniga nasib etdi.
• Ikkinchi o‘rin “Yulduzlar jangi”dagi Dart Veyder qahramoni bo‘ldi. Bu rol Devid Prouzga tegishli edi.
• Kuchli uchlikni “Qora ritsar” filmidagi Joker qahramoni yakunladi. Uni aktyor Xit Ledjer qoyilmaqom ijro qilgan.
Shuningdek, reytingning birinchi o‘ntaligidan hammaga yaxshi tanish Volan-de-Mort, Gannibal Lekter, Terminator, Imperator Palpatin, “Chujoy va lord Farkuad” filmi qahramonlari ham faxrli o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!