$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Mashhur souslarning tayyorlanish siri

09:02 / 10.05.2020

Odatda fast-fudlardan ko‘ra jimjimador idishdagi souslar ishtahani ochib yuboradi. Tan olish kerakki, har qanday usulda pishirilgan kartoshka yonida pishloqli yoki nordongina sous bo‘lsa, u yanada mazali bo‘ladi. Bu jarayonni boshdan o‘tkazish uchun hech bo‘lmaganda bir marotaba sous tayyorlab ko‘rish kerak. Shundan so‘ng siz mayonez va ketchupdan voz kechishingiz aniq. 

Pishloqli sous

Pishloq ta'mini beruvchi ziravorlar nafaqat ovqatlanish maskanlarida, balki har qanday savdo shohobchalarida ham bo‘ladi. Ammo ularning hech birini uy sharoitida tayyorlangan taom bilan taqqoslash mumkin emas. Bu mazaliligi va tabiiyligi bilan sotib olingan souslar tarkibidagi allergenlar hamda ingrediyentlardan ancha ustun turadi. Shuningdek, uyda tayyorlangan sous kattalarga ham, bolalarga ham birdek yoqadi. 

Kerakli mahsulotlar: 
- qattiq pishloq – 150g; 
- sut – 650 ml; 
- sariyog‘ – 50g; 
- un  50g; 
- limon sharbati – 1 osh qoshiq; 
- bir chimdim muskat yong‘og‘i; 
- tuz, yer qalampiri. 

Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi, limon sharbati qo‘shilib,  yaxshilab aralashtiriladi.  Aralashma xona haroratida 15 daqiqaga qoldiriladi. Bu vaqtda sariyog‘ bo‘laklarga bo‘linib,  o‘rtacha olovda eritiladi. To‘xtovsiz aralashtirish davomida erigan yog‘ga oz-ozdan un solinadi va bir xil massa hosil qilinadi.  Ustidan yupqa qilib sut quyiladi, ortidan muskat yong‘og‘i, tuz, qalampir qo‘shiladi. Massa eng past olovda 5-7 daqiqa aralashtirilib turiladi. Shundan so‘ng maydalangan pishloq solinadi va erigach aralashtiriladi.  Mashhur fast-fud restoranidagi pishloqli sous tayyor. Uni har qanday taom bilan tanovul qilish mumkin: qarsildoq kartoshka, go‘sht, baliq, salat va sabzavotlar. 

Nordon-shirin sous

Nordon-shirin sousni sevib iste'mol qilguvchilar kam bo‘lmasa kerak. Uning achchiq ta'mi go‘sht va kartoshkaning to‘ldiruvchisi sanaladi. Uning tayyorlanish yo‘l-yo‘rig‘ini bilib olsangiz, uyda tayyorlash qiyin bo‘lmaydi. 

Kerakli mahsulotlar: 
- suv – 2 osh qoshiq; 
- oq sirka – 4 osh qoshiq; 
- soya sousi – 0,5 osh qoshiq; 
-  o‘rik va shaftoli sharbati 1/4 stakan; 
- sarimsoq piyoz; 
- kraxmal – 1,5 osh qoshiq;
- xantal – 0,5 osh qoshiq; 
-  tuz. 

Mahsulotlar miqdorini o‘zgartirishingiz mumkin. Ro‘yxat uzun bo‘lsada, barchasi oddiy mahsulotlar. Ish suvdan tashqari barcha mahsulotlarni blendrga solishdan boshlanadi. O‘rtacha tezlikda bir xil massa bo‘lguncha aylantiriladi. Hosil bo‘lgan massa idishga quyilib, 6-7 daqiqa davomida o‘rtacha olovda pishiriladi. Sous tayyor bo‘lgach, sovutishga qo‘yiladi. U har qanda taom bilan kelisha oladi, ayniqsa go‘sht va tovuqqa qo‘shib iste’mol qilish haqiqiy lazatdir. 

Big Teysti sousi

Mashhur Big Teysti burgerini bilasizmi? U juda yuqori kaloriyali taom bo‘lib, kaloriya miqdori umumiy ovqatlanishning uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. Bunday sendvichning siri mazali mol go‘shti yoki ziravorlarda emas, balki sousidadir. Bunday sousni go‘sht, kartoshka ham burgerlar bilan ham iste'mol qilish mumkin. 

Kerakli mahsulotlar: 
- mayonez – 2 osh qoshiq; 
- olma sirkasi – 1/4 choy qoshiq; 
- shakar – 1 osh qoshiq; 
- ketchup – 1 osh qoshiq; 
- xushbo‘y hidli suyuqlik – 7 tomchi; 
- karri;
- tuz. 

Mayonez, ketchup, olma sirkasi, shakar yaxshilab aralashtiriladi. Ta’bga ko‘ra tuz solinadi. Xushbo‘y suyuqlik hosil bo‘lgan massaga quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Tin olishi uchun 5 daqiqaga qoldiriladi. 

Sousga qo‘shimcha tarzda burger tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun maxsus non bo‘lagi ustiga murabbo surib, salat bargi, pomidor bo‘lagi, piyoz, pishloq hamda kotletlar navbat bilan qo‘yiladi. Nonning ikkinchi bo‘lagiga tayyor sousni surib, yopiladi. Mazali burger hamda shohona sous tayyor. 

Kudro sousi

Dan Kudro – taniqli fast-fud restoranining direktorlar kengashi vakillaridan biri. U burgerlar uchun xantal sousining sirini ochib bergan. 
Kerakli mahsulotlar: 
- mayonez; 
- marinadlangan bodring; 
- sariq xantal; 
- paprika; 
- piyoz va sarimsoqpiyoz kukuni. 

Bodring maydalanadi yoki qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Qolgan mahsulotlar qo‘shilib,  silliq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Shuning bilan sous tayyor. Uni burger nonlari orasiga surib yoki go‘sht va kartoshkalar bilan birga iste'mol qilish mumkin.  

Ko‘rib turganingizdek, mashhur fast-fud taomlarining sousini tayyorlash uchun ko‘p vaqt ketmaydi. Uy sharoitida ularning har birini pishirib ko‘rishingiz mumkin!


Bu ham qiziq

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!