$
12170.67 UZS
20.83
152.30 UZS
1.2
14048.60 UZS
44.69
31° Kechasi 18°

Tailand haqidagi ishonish qiyin boʻlgan 7 ta fakt

16:25 / 23.10.2021

Tailand – ajablanarli mamlakat. Kimdir uni hashamatli dam olish maskanlari, kimdir esa kichik jinoyat uchun ham qatl jazosi beriladigan mamlakat sifatida biladi. Tailandliklarning kundalik hayotida ham ishonish qiyin boʻlgan jihatlar juda koʻp.

1. Koʻchalarda yuqoridan oʻtkazilgan simlar ulkan oʻrgimchak toʻriga oʻxshab ketgan

Tailandda barcha simlar yuqoridan oʻtkaziladi, ularning eskilari yangisiga almashtirilganda eski simlar kesib tashlanmaydi. Zararlangan simni qidirib topish juda ham qiyin. Shuning uchun bu simlar koʻchalarni hunuk koʻrsatib, yuqorida osilib turaveradi, oʻziga xos kolorit yaratadi. Tailandning barcha koʻchalarida elektr toki, telefon, optik simlardan iborat “oʻrgimchak toʻrlari” bor, ular shaharning chiroyli manzaralarini buzib turadi. Bu simlar ustidan mushuklar, kalamushlar yugurib yurishadi, baʼzida ularning ustiga boshqalarning eʼtiborini tortmoqchi boʻlgan va ijtimoiy tarmoqlar uchun surat olayotgan odamlar ham chiqib olishadi.

2. Durianni Tailanddan tashqariga olib chiqish mumkin emas

Tailand hukumati “Tay qirollari mevasi” deb ataladigan durianni mamlakatdan tashqariga olib chiqishga ruxsat bermaydi. Bu ajoyib mevani u oʻsadigan joyning oʻzida tatib koʻrish mumkin xolos. Durian kuchli bakteritsidlik xususiyati bilan mashhur (tarkibida indol moddasi borligi hisobiga), organizmdan toksinlarni chiqarib yuborishga yordam beradi, bundan tashqari quvvatni oshiradi.

3. Tailandliklar pichoq oʻrniga qoshiqdan foydalanishadi

Tailandliklar ovqatni qoshiq va sanchqi bilan yeyishadi, qoshiq – oʻng qoʻlda, sanchqi – chap qoʻlda turadi. Shuning uchun, Tailandda baliq yoki boshqa quyuq ovqatni qoshiq bilan birga bersalar, hayron boʻlmang. Qoshiq yetarlicha oʻtkir boʻladi. Sanchqi esa restorandagi umumiy stolda turadi. Mahalliy mijozlar baliqni qoshiq bilan kesishadi va uni shu qoshiqning oʻzida yeyishadi. Oʻta madaniyatli odamlar esa sanchqidan ham foydalanishadi.

4. Tailandliklarga 1913-yilda familiya berilgan

Ming yillar davomida tailandliklarning familiyasi boʻlmagan. Familiya 1913-yilda qirol Rama VI ning maxsus qarori bilan rasman joriy qilingan. Qirol oʻz mamlakatida yashaydigan odamlar uchun mingtadan koʻp familiyalarni oʻylab topgan. Misol uchun, Tyaryonvong familiyasi “oila va farovonlik”, Xongsavan – “Osmon oqqushi” degan maʼnoni beradi. Tailandlik ota-onalar bolalariga ism qoʻyishdan oldin rohiblar yoki bashoratchilar bilan maslahat qilishadi. Oʻgʻil bolalarning ismi odatda mehribonlik, axloqiy fazilatlar, qadr-qimmat, turli timsollarni anglatadi. Masalan, Txaksin – “chaqqon, mahoratli”, Pxonchay “gʻalaba qozongan”, Vinay “intizom”, Kyaatisak “shuhrat, obroʻ” degani. Ayollarning ismlari shoirona timsollar, goʻzallik va chiroyli taʼriflar bilan bogʻliq boʻladi: Siripxon – “Xudo bergan goʻzallik”, Rattana – “qimmatbaho tosh”, Txevi – “iloxa”, Suda – “chiroyli xonim” degan maʼnoga ega.

5. Palma – okean yaqinidagi binolarning balandlik etaloni
Tailandning orol hududlarida palma daraxtidan baland bino qurishga ruxsat berilmaydi. Palma Tailandda muqaddas oʻsimlik hisoblanadi, shuning uchun orol hududlari palmalardan baland boʻlib ketmagan holatda ramziy maʼnoda ularga bosh egib turishi kerak. Agar palma hali oʻsayotgan boʻlsa, uning yonidagi binolar pastroq, bir yoki ikki qavatli qilib quriladi. Bu oradan bir necha yil oʻtib palma tufayli uni buzib tashlamasliklari uchun kerak.


6. Tailand poytaxtining nomi mamlakat ichida yettita harfdan iborat emas
Bangkok ingliz tilida bor-yoʻgʻi yettita harfdan iborat boʻlgan nom. Rasmiy Tailand tilida bu shaharning nomi “Krung Txep Maxanakxon Amon Rattanakosin Maxintarayuttxaya Maxadilok Pxop Nopparat Ratchatxani Burirom Udomratchanivet Maxasatan Amon Piman Avatan Satit Sakkatxattiyya Vitsanukam Prasit” boʻladi. Bu “Farishtalar shahri, abadiy yashovchilarning buyuk shahri, toʻqqizda qimmatbaho toshning ulugʻ shahri, baxtli shahar farovonlikka toʻla, Qirollik saroyi ilohiy maskanni eslatadi, bu yerda Indra irodasi bilan Vishvakarman tomonidan yaratilgan Xudoning soyasi hukmronlik qiladi”, degan maʼnoga ega.
Tailandliklar tilidagi ushbu geografik nom dunyoda yashovchi barcha xalqlar va oʻtgan davrlar ichidagi eng uzun shahar nomi hisoblanadi.


7. Tailandda turmush oʻrtogʻingiz yoki bolangizdan tashqari boshqa hech kimning boshiga qoʻl bilan teginish mumkin emas

Tailandliklar uchun bosh – tananing eng muhim va muqaddas qismi hisoblanib kelgan. Mamlakatda boshqa bir odamning boshiga qoʻl bilan tegib boʻlmaydi. Tailandliklar oʻzidan katta yoki obroʻsi balandroq boʻlgan odamning yonida unga hurmatlarini bildirish uchun boshlarini biroz egib turishadi.

 


Bu ham qiziq

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

5-aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan Besh…
16:57 / 05.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
15:51 / 05.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!