Gadgetlar insoniyat hayotiga mustahkam ravishda o‘rnashib oldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Har yili avvalgisidan ham yaxshiroq va aqlliroq bo‘lgan texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Tabiiyki, gadjetlardan biznesda, shu jumladan turli sohalarda faol foydalaniladi. Ularning yordami bilan ishbilarmon kishilar boshqalar bilan doimiy aloqada bo‘lib, dolzarb masalalarni hal qilishi va sheriklari bilan aloqada bo‘lishi mumkin.
Ishbilarmon odam doimiy ravishda ofisda bo‘lolmaydi. Ammo uyda ofis burchak yaratishi mumkin. Buning uchun kompyuterni bir stol ustiga o‘rnatib olib skayp yordamida biznes hamkorlar bilan bemalol gaplashishingiz mumkin. Bundan tashqari kerakli hujjatlar va fayllar doimo qo‘lingizda bo‘ladi. Umuman olganda biznesmenlar bu qulaylikdan anchadan beri foydalanishadi.
Ishbilarmonlik aloqalari uchun yana bir foydali qurilma aqlli soatlardir. Bu gadjet biznesda anchadan beri faol ishlatiladi. U o‘zining kichik o‘lchami bilan istalgan gadjet o‘rnini bosishi mumkin. Soat telefoningiz bilan sinxronlashtiriladi. U vaqtni ko‘rsatishi bilan birga pochta xabarlarini ham ko‘rsatadi. Bundan tashqari undan chat va ovozli pochta orqali sheriklar bilan muloqot qilish, taqvim va hujjatlarni ko‘rish uchun foydalanishingiz mumkin.
Bugungi kunda deyarli barchaning qo‘lida smartfon bo‘lishiga qaramay tashrif qog‘ozlar o‘z mashhurligini yo‘qotgani yo‘q. Biroq, yangi texnologiyalar ularga ham ta'sir qildi. Hozirda maxsus dasturlarni yuklab olishga yordam beradigan tashrif qog‘ozlari bor. Bundan tashqari, USBli flesh-kartalar ham bor. Bunday kartani biron kimdan olganingizdan so‘ng uni kompyuterga kiritganingizda o‘sha inson haqidagi sahifa ochiladi. Bu orqali siz u inson haqidagi barcha ma’lumotlarni bilib olasiz.
Ishbilarmon kishilar taqdimotlarga ko‘p ehtiyoj sezishadi. Ularning yanada samaraliroq o‘tishi uchun maxsus Bluetooth bilaguzuklar chiqarildi. Uni faqatgina qo‘lingizga taqish orqali siz sichqoncha va masofadan boshqarish pultiga ega bo‘lasiz. Shunday qilib siz imo-ishoralar va harakatlar yordamida taqdimotni boshqarasiz. Shuni ham ta’kidlash kerakki, kompyuterda ishlayotganingizda qo‘lingiz bo‘sh turishini istasangiz yoki shunchaki sichqonchani ishlatishdan charchagan bo‘lsangiz bilaguzuk xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Bluetooth eshitish vositasi – ancha oldin paydo bo‘lgan, ammo mashhurligini yo‘qotmagan juda qulay qurilma. Uning yoradmida har qanday holatda ham doimiy ravishda aloqada bo‘lish mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!