$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Musiqaning inson salomatligi uchun ishonish qiyin boʻlgan 10 foydasi

14:21 / 29.12.2019

Inson salomatligi uchun foydali boʻlgan juda koʻp tabiiy usullarni eshitgandirsiz. Musiqa tinglashning sogʻliq uchun foydalari haqida nimalarni bilasiz? Quyida musiqaning tanamiz va ruhimiz uchun 10 foydasi haqidagi ma’lumotlarga to‘xtalamiz.

1. Baxtlilik hissini orttiradi.

Mashhur musiqalarni tinglash davomida miya oʻzini yaxshi his qilishi uchun neyrotransmitter boʻlgan dofaminni chiqaradi. MakGill universitetida neyroshunoslar tomonidan oʻtkazilgan tajribada 8 ishtirokchiga dofamin sezgir radioaktiv moddasi kiritildi.  Ishtirokchilar oʻzlarining sevimli musiqalarini tinglaganlaridan keyin PET koʻrigiga yuborildi. Tekshiruv natijasida dofaminning sekretsiyasi aniqlandi, bu ishtirokchilarda baxt, hayajon va quvonch hissini uygʻotdi.

2. Yugurish samaradorligini oshiradi

Yugurish davomida musiqa tinglash harakatning samaradorligini oshiradi. Tajribada bir guruh yuguruvchilarga 800 metr masofani bosib o‘tishlari davomida motivatsion musiqalar eshittirildi, natijada tajriba ishtirokchilari marraga sezilarli farq bilan tezroq kelishdi. Yuqori samaradorlik va joʻshqinlik bilan yugurishda musiqa yaxshi hamroh boʻlishi mumkin.

3. Stressni kamaytiradi

Musiqa tinglash stress gormonlari ishlab chiqaruvchi kortizol faoliyatini pasaytirish orqali surunkali stress xavfini kamaytiradi.  Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, inson salomatligiga taʼsir qiladigan kasalliklarning 60 foizi stress bilan bogʻliq. Stress vaqtida buni ham bir sinab koʻring.

4. Uxlashni osonlashtiradi

Uyqusizlik muammosi hozirda oʻsmirlarda ham, kattalarda ham koʻp uchrab turadi. Tadqiqotlarda bir guruh ishtirokchilar uyqudan 45 daqiqa oldin Bax va Motsartning musiqalarini tinglashdi. Musiqa tinglaganidan soʻng ularning aksari uyquga tez shoʻngʻiganini taʼkidladi.  

5. Depressiyani kamaytiradi

Yer yuzida 350 milliondan ortiq insonlar depressiyada yurishadi. Depressiya bilan yashaydigan insonlarni 90 foizi uyqusizlikdan azoblanadi. Germaniyada oʻtkazilgan bir tajriba orqali musiqa depressiyaning yaxshigina kushandasi ekani ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa, meditatsion tovushlar va klassik musiqa miyaning tinchlanishiga va dam olishiga yordam beradi.

6. Taomlardan tiyilishga sezilarli taʼsir koʻrsatadi

Yorugʻ joyda joʻshqin musiqalar tinglayotgan insonlarning koʻproq ovqat isteʼmol qilishlari kuzatilgan. Agar ozish niyatingiz bo‘lsa, ishtahangiz ochilib ketmasligi uchun biroz qorongʻi joyda boʻshashtiruvchi musiqa ostida ovqatlaning.

7. Kayfiyatni koʻtaradi

Niderlandiyada oʻtkazilgan tadqiqot avtomobilda ketayotib musiqa tinglash kayfiyatga ijobiy taʼsir qilishini isbotladi. 

8. Xotirani kuchaytiradi

Young man working with a laptop and listening music on headphone

Tadqiqotlar musiqa tinglash maʼlumotlarni yaxshiroq oʻrganish va eslab qolishga yordam berishini koʻrsatdi.  Musiqa yoki cholgʻu asboblarini chalish miyaning har ikki yarimsharini ham ishlashiga yordam beradi.

9. Ogʻir ruhiy bosimdan oldin tinchlanib olishga yordam beradi.

Похожее изображение

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, operatsiyadan oldin tinchlantiruvchi musiqa tinglash ruhiy bosimga berilishni kamaytiradi.  Ushbu tadqiqot yurakning ochiq jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilishi kerak boʻlgan bemorlar bilan olib borildi. Ularga taskin beruvchi musiqalar eshittirildi. Ishtirokchilarning sezilarli darajada yengil tortgani va ularda ogʻriq hissi kamaygani aniqlandi.

10. Tanadagi ogʻriqlarni kamaytiradi

Drexel universiteti tadqiqotchilari musiqiy terapiya saraton kasalligidagi ogʻriqni sezilarli darajada kamaytirishi mumkinligini aniqladi. Jismoniy mashqlar paytida musiqa tinglash, tanani ogʻriqdan himoya qiluvchi endorfinlar sekretsiyasini osonlashtiradi.


Bu ham qiziq

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ChGTRK “Grozniy” telekanalida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir davomida hokimiyatda…
09:38 / 15.12.2025
“Elektron retsept” tizimi bo‘yicha murojaatlar uchun “Call-markaz” tashkil etildi

“Elektron retsept” tizimi bo‘yicha murojaatlar uchun “Call-markaz” tashkil etildi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
14:34 / 13.12.2025
Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Biroq Vivekananda Yuvabharati Salt Lake Stadium arenasida futbolchining tijoriy safari doirasida o‘tkazilgan tadbir paytida …
13:58 / 14.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbo…
10:30 / 15.12.2025
15-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ing…
15:17 / 14.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025
Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025
14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!