Amerika – turli-tuman madaniyatlar, qarashlar, hayot tarzlari va qiziqishlar uyg‘unlashgan mamlakat. Ammo ko‘pincha amerikaliklar haqida bir xil fikrlaymiz. Keling, AQSh va amerikaliklar haqida keng tarqalgan, biroq asliga mos bo‘lmagan stereotiplar(qotib qolgan fikrlar)ning 7tasi bilan tanishamiz.
1. Ko‘pchilik amerikalaiklar ortiqcha vaznga ega.
Aslida, AQSda vazni og‘ir odamlar soni boshqa mamlakatlarnikiganisbatan ko‘p emas. Ha, ular bor, ammo biz o‘ylaganchalik ko‘p emas. Aksincha, Amerikada turli-tuman sport turlari va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish ancha keng tarqalgan.
2. Amerikaliklar asosan fast-food iste’mol qiladi.
Ha, AQShda fast-food restoranlari ko‘p. Ammo bu yerda butun dunyo mamlakatlarining an’anaviy oshxonalari ham kam emas va bunday restoranlarga tashrif buyuruvchilar soni yildan yilga oshib boryapti.
3. Amerika shaharlari osmono‘par binolarga to‘la.
Buni unchalik ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Ko‘pchilik amerikaliklar o‘z shaxsiy uylarida yashashni ma’qul ko‘radilar. Shuning uchun ham aholi yashaydigan tumanlar “bir qavatli Amerika”ni tashkil qiladi.
4. Los-Anjeles Gollivud yulduzlariga to‘la.
Los-Anjeles ko‘pincha Gollivud filmlarining suratga olinishi uchun maydon bo‘lib xizmat qilsa-da, bu har bir sahnada mashhurlar suratga tushadi deganimas. Odatiy hayotda yulduzlar gavjum joylarda bo‘lmaslikni ma’qul ko‘radilar, shuning uchun ularni uchratish imkoni juda oz.
5. Amerikaliklar juda xushmuomala
Sayyohlarda bunday taassurot uyg‘onishi tabiiy, chunki xizmat ko‘rsatish sohasidagi har bir ishchi imkon qadar xushmuomala bo‘lishga intiladi. Biroq odatiy hayotda amerikaliklar qo‘pol gapirishi yoki hissiyotlarini keskin ifodalashi mumkin. Axir, ular ham boshqalar kabi o‘z muammo va his-tuyg‘ulariga ega bo‘lgan oddiy odamlar.
6. AQSHda ahmoq va bilimsiz odamlar ko‘p
Televizor ekranlarida ko‘pincha amerikaliklarning yuqori intellektga ega emasliklari haqida gapirishadi. Bizga ma’lum narsalar amerikaliklardan so‘ralganida, ular javob berolmagan roliklar hozir ham internetda to‘lib yotibti. Ammo ulardagi intellekt darajasining bu roliklarga hech qanday aloqasi yo‘q. Gap ta’lim tizimlarining butunlay farq qilishida. Texnologiyalar va fan aynan AQShda shiddat bilan rivojlanmoqda va bu yerda ko‘plab odamlar muvaffaqiyatlidirlar.
7. Shtatlarda tenglik hukm suradi va hatto yigit kishi qiz bola uchun haq to‘lamaydi
Buni butunlay noto‘g‘ri, deb bo‘lmaydi-yu, ammo ba’zi qizlar o‘zi uchun o‘zi to‘lov qilishni ma’qul ko‘radilar. Boshqa tomondan, butunlay teskari dunyoqarashga ega ayollar ham bor. Umumiy qilib olganda, bunday mulozamatni qabul qiluvchi qizlar ko‘proq.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!