$
12646.56 UZS
-27.81
160.88 UZS
-0.35
14461.34 UZS
-8.99
32° Kechasi 21°

Sog‘ligingizga putur yetkazadigan 10 ta xato

16:08 / 01.05.2020

Siz karantin vaqtida o‘zingizni qanday qilib chalg‘ityapsiz? Bolalarni o‘qitish, serial tomosha qilish, telefon titkilash – bularning barchasi sizni ancha zeriktirgani, shubhasiz. Karantin holatidan benuqson va sog‘-salomat chiqish uchun quyida keltirib o‘tilgan bir nechta xatolarni takrorlamaslikka harakat qiling.

Kam harakatlanish

Agar sizning shahar tashqarisida yashash joyingiz bo‘lmasa, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi boshlanganidan beri jismoniy faoliyatingiz bir necha bor kamaydi. Chunki tanamiz divanda o‘tirish va yotish uchun emas, balki harakat qilish uchun yaratilgan. “Muttasil yotish, mushak, bo‘g‘imlar, qon tomirlari, yurak, bir so‘z bilan aytganda, butun organizmning ish faoliyatida muammolar tug‘ilishiga olib keladi”, deydi rossiyalik ortoped-travmatolog Ilya Toropsyev, fizik terapevt fiziologi. – Kaloriya miqdori harakatdan yuqori bo‘lganda, ortiqcha vazn kelib chiqadi. Undan esa gormonlar me’yorining o‘zgarishi, yurak-qon tomir tizimining ishdan chiqishi, qondagi qand miqdorining oshishiga olib keladi”.

Buning davosi oddiy. Ko‘proq harakatlaning. Agar siz sportzalda mashq qilsangiz, odatdagi mashqlarni har kuni bajarishda davom eting. Pilates, yoga kabi oson mashqlar ham sizga asqatishi mumkin. Uyda ish qilish ham yordam beradi – derazalarni yuvish, yangi devor gulqog‘ozi yopishtirish, idishlarni yuvish uchun qulay vaqt.

Kam sabzavot yeyish
Agar ko‘p harakat qilishning iloji bo‘lmasa, oziq-ovqat ratsioningizni qayta tuzib chiqing. Sabzavot va ko‘katlarni ko‘p miqdorda iste’mol qiling. Ichaklaringiz kletchatkaga muhtoj. Shu bois turli sabzavotlardan tayyorlangan salatlarga urg‘u bering. Yana suyuqlik miqdoriga ham e’tibor qarating – suvsiz oshqozon-ichak tizimi me’yorida ishlamaydi. 

Divandan turmagan holda ishlash

Kreslo yoki divanga yastanib olib, tizzaga noutbuk qo‘yib ishlayotgan bo‘lsangiz, orqangizni to‘g‘rilab, boshingizni kerakli holatga qaytaring. “Bo‘yin behuda vertikal holatda joylashmagan. Bosh juda og‘ir bo‘lgani uchun u umurtqa pog‘onasi ustida turishi kerak va mushaklar faqat muvozanatni saqlashda ishtirok etishlari lozim”, deydi nevropatolog-osteopat Aleksey Ryazansyev. Shunday ekan, divandan turing. Noutbukni tizzangizdan olib, stol yoki xontaxta ustiga qo‘ying.

Xonani kam shamollatish
Kompyuterda ishlay turib ko‘p esnaysizmi? Ehtimol, sizga oddiygina toza havo kerakdir?! Uyquchanlik, holsizlik, bosh og‘rig‘i, ish qobiliyatining pasayishi va diqqatni jamlay olmaslik miyaga kislorod yetishmayotganidan dalolat beradi. Xonangizni 10-15 daqiqa davomida ochib qo‘ying. Uyda namlik miqdori yetarli bo‘lishiga ham e’tibor bering. Ko‘pchilik isitish pechkalari, konditsionerlar xonani quritib tashlaydi. 

Muzlatkich yoniga ko‘p borish
O‘yin-kulgi, ko‘ngilochar mashg‘ulotlar karantin tufayli kamaygani sabab odamlar kino, teatr va sport zaliga borishni muzlatkichga almashishadi. Buni qisqacha qilib “oziq-ovqat vasvasasi”, deb ham atash mumkin. Muzlatkich ichidagi mazali yeguliklar odamni qaysidir ma’noda tinchlantiradi, ovutadi. Ammo shu bilan birga qonda qand miqdorini oshiradi, ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib keladi. Shifokorlar qandli diabet kasalligi ko‘pincha haddan tashqari ko‘p ovqatlanish va harakatsizlik fonida o‘zini namoyon qilishini ta’kidlashadi.

Juda ko‘p ishlaysiz
Siz noutbuk va telefondan bosh ko‘tarmaysizmi? Bir narsaga ko‘p tikilishdan ko‘zning shox pardasi va shilliq qavati quriydi va bizda ko‘zning qurishi sindromi paydo bo‘ladi. Simptomlarni yengillashtirish uchun ko‘z tomchilaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Shuningdek, kompyuterda ishlash rejimini ham o‘zgartiring. Har bir soatni uch qismga ajrating va oxirgi qismdan derazadan shunchaki qarab turish uchun foydalaning.

Kompyuter yonida uxlab qolish
Soat tungi 12:00ga bong urdi, lekin siz hali ham elektron pochtangizni yopmadingizmi? 
Agar siz miyaga ma’lumot yuklashni uxlashga yotishdan ikki soat oldin to‘xtatmasangiz, miya dam olish holatiga o‘ta olmaydi. Tizzani quchoqlab uxlab qolish, yoki kompyuter yonida mizg‘ib qolish ham xavfli. Siz to‘liq zulmat ichida, issiq ko‘rpa ostida uxlashingiz kerak. Kino ko‘rib va musiqa eshitib uxlaganingizda miya kiruvchi ma’lumotni tahlil qilishda davom etadi va siz to‘liq uyquga emas, balki bo‘shashishga erishasiz, xolos. 

Qorong‘u xonada ishlash
Agar qorong‘u tushgandan so‘ng stol lampasini yoqmasdan ishlashda davom etsangiz, yana bir xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lasiz. Qorong‘u xonada bizning qorachig‘imiz kengayishga moyildir. Agar siz bitta yorug‘lik manbayi (kompyuter monitori) bilan ishlasangiz, bu ko‘z ichi bosimining keskin oshishiga, keyinchalik ko‘rlikka olib keladi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, hamma ham bunday reaksiyaga duch kelavermaydi – bu ko‘zning anatomik xususiyatlariga bog‘liq. 

Kechasi ovqatlanish
Kechki ovqatni yeb bo‘lgan zahoti uxlashga yotish juda xato ish. Bundan oshqozon og‘rig‘i, qichishish, og‘izda achchiqlik va ba’zan tomoqning surunkali og‘rishi kelib chiqadi. Sog‘lom aholining 30 foizi mana shu xatoni takrorlaydi. Karantin esa uning paydo bo‘lishi uchun juda qulay shart-sharoitdir.

Oshqozoni to‘la bo‘lgan kishi yotganida ovqat qizilo‘ngachga kirib, tomoqni yallig‘lantiradi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun, yotishdan ikki yoki uch soat oldin ovqatlanish zarur. Uxlash oldidan, ayniqsa, kofe, shokolad, yog‘li muzqaymoq, piyoz, sarimsoq, qalampir, pomidor va boshqa mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. 

Noto‘g‘ri o‘qish
Nihoyat kitob o‘qishga vaqt topdingizmi? Uni ko‘zga yaqinlashtirib o‘qisangiz, ko‘zingizni ishdan chiqaradi. Ko‘zni zararlamaydigan xavfsiz masofa 30-40 sm. bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik bunga amal qilmaydi. Xona yorug‘ bo‘lishiga ham e’tibor bering – harflar aniq ajralib turishi kerak.


Bu ham qiziq

AQSh Xitoy bilan noyob metallar bo‘yicha bitim tuzdi

AQSh Xitoy bilan noyob metallar bo‘yicha bitim tuzdi

AFP agentligining qayd etishicha, mazkur kelishuv ikki iqtisodiy kuchli davlatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlaridagi tarang…
12:38 / 12.06.2025
Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risi…
15:42 / 12.06.2025
Chet eldan qaytganlar va mehnat migrantlari majburiy “SPID” tekshiruvidan o‘tadi

Chet eldan qaytganlar va mehnat migrantlari majburiy “SPID” tekshiruvidan o‘tadi

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, uzluksiz 90 kundan ortiq chet elda bo‘lib qaytgan 18–60 yoshdagi fuqarolar va mehnat faoliyati…
13:05 / 10.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
Bolgariya Prezidenti O‘zbekiston Senatiga tashrif buyurdi

Bolgariya Prezidenti O‘zbekiston Senatiga tashrif buyurdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga rasm…
10:38 / 11.06.2025
Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Reuters’ning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarning Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida joylashgan elchixonasi diplomatlarni shoshilinc…
10:00 / 12.06.2025
Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025
Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuyel Makron seshanba kuni France 2 telekanali efirida e’lon qildi. Uning aytishicha, agar …
14:15 / 11.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilga…
09:18 / 12.06.2025
Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Bu haqda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
10:59 / 12.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!