$
11818.07 UZS
-35.48
141.69 UZS
-0.17
13788.14 UZS
-81.7
31° Kechasi 18°

Bolgariya Prezidenti O‘zbekiston Senatiga tashrif buyurdi

10:38 / 11.06.2025

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev bilan uchrashdi.

Parlament yuqori palatasi rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, Bolgariya Prezidentining tashrifi ikki tomonning o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash va chuqurlashtirishga intilishini tasdiqlashini ta’kidladi.

O‘zbekiston-Bolgariya munosabatlari 28 ta ikki tomonlama hujjatni o‘z ichiga olgan mustahkam shartnomaviy-huquqiy asosda izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy rivoji hamda xalqaro investitsiyaviy hamkorlik uchun muhim platforma ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Muloqot davomida parlamentlararo munosabatlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada parlamentlararo muloqotning o‘rni va ahamiyatiga urg‘u berilib, Bolgariya Prezidentining Senatga tashrifi parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga kuchli turtki bo‘lishi qayd etildi.

Tomonlar ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan, palatalar va tegishli qo‘mitalar rahbarlari darajasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, parlamentlararo do‘stlik guruhlarining qo‘shma rejalarini ishlab chiqish, shuningdek, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish lozimligi haqida yakdil fikr bildirdi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda qimorni targ‘ib qilgan 76 ta sayt bo‘yicha chora ko‘rildi

O‘zbekistonda qimorni targ‘ib qilgan 76 ta sayt bo‘yicha chora ko‘rildi

2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi 76 ta veb-sayt …
16:06 / 25.08.2026

														
														Sherzod Asadov xalqaro mediaforum ochilishida ishtirok etdi

Sherzod Asadov xalqaro mediaforum ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkent va Samarqandda o‘tkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi n…
14:08 / 25.08.2026

														
														Ta’lim kreditini qanday olish mumkin?

Ta’lim kreditini qanday olish mumkin?

O‘zbekistonda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim kreditini olish imkoniyati mavjud. Ayni paytda…
11:36 / 25.08.2026

														
														O‘zbekistonda to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan yangi pensionerlar ulushi 61 foizga yetdi

O‘zbekistonda to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan yangi pensionerlar ulushi 61 foizga yetdi

O‘zbekistonda yangi tayinlangan pensiyalar tarkibida to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar ulushi 61 foizga yetdi. Ya’n…
09:45 / 25.08.2026

														
														AQSh Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan olib tashladi

AQSh Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan olib tashladi

AQSh 24-avgust kuni Suriyani “terrorizm homiylari” davlatlar ro‘yxatidan rasman chiqardi. Qaror mamlakatning 1979-yildan buy…
09:35 / 25.08.2026

														
														Netanyaxu: Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga uringan

Netanyaxu: Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga uringan

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron uning o‘g‘illaridan birini o‘ldirishga uringanini ma’lum qildi. Biroq u voqea qac…
09:31 / 25.08.2026

														
														Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini sifatli o‘qitishga bag‘ishlangan respublika o‘quv-seminari tashkil etildi

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini sifatli o‘qitishga bag‘ishlangan respublika o‘quv-seminari tashkil etildi

24–28-avgust kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi …
09:24 / 25.08.2026

														
														Bugun O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Bugun O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

25 avgust kuni O‘zbekiston hududlarida asosan biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Aksariyat joylarda yog‘ingarchilik kutilmayd…
17:28 / 24.08.2026

														
														Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatiladi

Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatiladi

Rossiyada turli sabablar, jumladan, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli O‘zbekistonga qayta olmayotgan fuqarolar Migratsiya age…
16:20 / 24.08.2026

														
														O‘zbekiston va Ozarbayjonda ishlagan fuqarolar uchun pensiya hisoblash tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston va Ozarbayjonda ishlagan fuqarolar uchun pensiya hisoblash tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolarining pensiya huquqlarini ta’minlashga qaratilgan yangi kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, i…
14:50 / 24.08.2026

Bu ham qiziq

Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yil boshidan buyon sakkiz kishida Kongo-Qrim gemorragik isitmasi aniqlangan. Ular orasi…
12:03 / 22.08.2026
Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026
Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil 22-avgust kuni Suriya janubiga zarba berib, buni “terrorchi”ni yo‘q qilish amaliyoti deb atadi. Damashq esa havo hudu…
15:49 / 23.08.2026
Nursulton Nazarboyev operatsiyadan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Nursulton Nazarboyev operatsiyadan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 23-avgust kuni Qurultoy deputatlari saylovida uyidan turib ovoz ber…
09:46 / 24.08.2026
Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Buyuk Britaniyaning Kent grafligidagi hayvonot bog‘ida veterinarlar 18 yoshli, besh metr uzunlikdagi Jodi Foster laqabli to‘…
11:53 / 22.08.2026
ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 24-avgustdan boshlab 31 ta davlatdagi foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatishni boshlaydi.
10:23 / 23.08.2026
Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” xalqaro festivali qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
12:47 / 22.08.2026
“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev

“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi…
10:20 / 24.08.2026
Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Chiroqchi tumanida YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, patrul avtomobiliga urilgan Nexia 2 haydovchisi 15 sutk…
16:19 / 23.08.2026
«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK propagandachisi Pavel Zarubinga bergan «intervyu»sida Kiyevning maqsadi – Rossiya iq…
15:22 / 23.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!