$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Qon bosimini uy sharoitida tez va oson tushirishning olti usuli

15:53 / 24.04.2020

 Yuqori qon bosimi insonni halok qilishi mumkin va bu mubolag‘a emas! Birgina AQShning o‘zida ushbu yurak-qon tomir muammosi har kuni mingdan ortiq insonni hayotdan olib ketadi.
 
Yuqori qon bosimi nima degani va u nimasi bilan xavfli?
Yuqori qon bosimini aksariyat tibbiyot xodimlari “tilsiz qotil” deb ham atashadi. Gipertoniya (qon bosim kasalligi) har doim ham yaqqol alomatlar bilan kechavermaydi. U yurak-qon tomir, insult bilan bog‘liq buzilishlar xavfini oshiradi.
Arterial qon bosimi ikki raqamdan iborat formatda o‘lchanadi. Masalan, 120/80 yoki 90/60 simob ustuni. Xo‘sh bu ikki raqam nimani anglatadi?
• Birinchi raqam sistolik bosim – yurak urishlar vaqtida qonning tomirlar devoriga qancha bosim ko‘rsatishini anglatadi.
• Ikkinchi raqam diastolik bosim bo‘lib, bu yurak urishlar o‘rtasida dam olayotgan paytdagi qon bosim ko‘rsatkichidir.

Umuman olganda, qon-tomirlar elastik xususiyatga ega. Agar qon bosimi haddan ortiq baland bo‘lsa, tomirlar bunga dosh berolmasligi mumkin. A’zolardan biridagi qon-tomirning yorilib ketishi jiddiy asoratlarga sabab bo‘ladi. Xo‘sh, shu o‘rinda savol tug‘iladi – qanday qon bosimi ko‘rsatkichini baland deb qabul qilish mumkin?
Bu savolga birgina javob mavjud: bosim ko‘rsatkichining 130/80 dan ortishi “yuqori bosim” deyiladi. Agar sizda qon bosimi ko‘rsatkichi ushbu chegaradan biroz katta bo‘lsa ham barcha zaruriy choralarni ko‘rishingiz shart.
 
Uy sharoitida bosimni tushirish usullari
Agar o‘z salomatligingiz o‘zingizga kerak bo‘lsa, qon bosimi ko‘tarilgan vaqtda, albatta, mutaxassisga murojaat etish zarur. Ammo ba’zida bosimning birdan ortib ketishi sabab shifokorga borish, unga uchrashishga imkon bo‘lmay qoladi. Bunday holatda quyidagi tavsiyalar sizga yordam berishi mumkin:
1. Chuqurroq nafas oling

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, chuqur nafas olish harakatlari qon bosimini tushirishning eng samarali usullaridan biri ekan.
• Buning uchun siz avvalo bo‘shashib, ko‘zlarni yumib olishingiz kerak bo‘ladi. Negaki bu, gipertoniyaga sabab bo‘lgan stress miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
• Ichingizda beshgacha sanagancha chuqur nafas oling. Bunda qorin bilan nafas olish tavsiya etiladi.
• So‘ng nafasni chiqaring va harakatlarni yana qaytaring.
3-5 daqiqa davomida chuqur nafas olish qon aylanishini tezlashtiradi. Shuning hisobiga qon bosimi tushadi. Olingan nafasni 8-10 soniya davomida ichda saqlab turishga ham urinib ko‘rishingiz mumkin.
 

2. Issiq vanna qilish mumkin
Tog‘orachaga 45 daraja issiqlikdagi suv quyiladi va unga oyoq-qo‘llar solib o‘tiriladi (10 daqiqa davomida). Issiq suv tomirlarni kengaytiradi va ularda qon aylanishini yaxshilaydi. Qarabsizki, bosim yana tushadi.
 
3. Qo‘lingizni sovuq suv ostiga tutib turing
Sovuq suv yurak urishlar chastotasini kamaytiradi va bu bosim tushishiga sababchi bo‘ladi.
 
4. Yalpizli choy iching
Yalpiz barglari kukuni ustiga qaynagan suv quyiladi va 10 daqiqaga damlanadi. Choy sovugach, kam-kamdan ho‘plab ichiladi. Yalpiz qon bosimini tushirish xususiyatiga ega.

5. Olma sirkasida bozillatma qiling
Doka olma sirkasiga solib ho‘llanadi va oyoq ostiga qo‘yiladi (10-15 daqiqaga). Olma sirkasi tarkibida qon bosimini tushiruvchi moddalar bor.
 
6. Valeryanka qabul qiling
Valeryana o‘simligidan tayyorlangan har qanday vosita tinchlantiradi. Organizmga stress bilan kurashishga yordam beradi. Yurak nisbatan sekin urib, qon bosimi sekin-asta tusha boshlaydi. Eng muhimini unutmang: bunday dorilarni qabul qilishdan avval, albatta, shifokor bilan maslahatlashib olish kerak.

Qon bosimini dorisiz qancha muhlatgacha tushirish mumkin?
Yana bir bor eslatib o‘tamiz, uy sharoitida bosimni tushirish usullari bu favqulodda choralar hisoblanadi. Bu “tilsiz qotil” bilan shifokor ko‘magisiz kurashib bo‘lmaydi. Yana bir muhim ma’lumotni aytib o‘tmoqchimiz: qon bosimi ko‘rsatkichiga hayot tarzi ham katta ta’sir qiladi. Hayot tarzingizni yaxshi tomonga o‘zgartirsangiz, yuqori qon bosimi sizni tinch qo‘yishi mumkin. Hattoki, bir umrga ham...

Bu borada mashhur Mayo Clinic tadqiqot tashkiloti mutaxassislari yuqori qon bosimi nimaligini bilmay o‘tish uchun quyidagi 10 hayotiy o‘zgarishlar ro‘yxatini tuzib chiqdi:
 
1. Ortiqcha vazndan voz keching.
Yo‘qotilgan har kilogramm vazn qon bosimingizni 1 simob ustuniga kamaytirib boradi.
2. Munzatam mashq qiling. Ochiq havoda sayr qilish, vilosiped haydash, suzish, raqs – istaganingiz bilan shug‘ullaning. Kuniga 30 daqiqa yetarli. Bu orqali qon bosimini 5-8 simob ustuniga kamaytirish mumkin.
3. Sog‘lom ovqatlaning. Meva-sabzavotlar, boshoqli mahsulotlardan ko‘proq iste’mol qiling. Yarim tayyor, qandolatchilik yoki yog‘li mahsulotlarni esa chetlab o‘ting. Bunday parhez bosimni 11 simob ustunigacha pasaytira oladi.
4. Tuz miqdorini kamaytiring. Bu ham bosimni 5-6 simob ustuniga kamaytirishi mumkin. Kuniga 1500-2300 mg. – bir choyqoshiqdan kamroq tuz yetarli.
5. Alkogolni cheklaymiz. Bu orqali siz qon bosimini yana 4 darajaga pasaytirgan bo‘lasiz.
6. Chekishni ham tashlashga to‘g‘ri keladi. Har bir sigareta qon bosimiga bosim qo‘shadi.
7. Qahvani kamroq iching. Qahvaning qon bosimiga ta’sir ko‘rsatishi ko‘pgina muhokamalarga sabab bo‘ladi. Ayrimlarga u qon bosimini ko‘taruvchi ta’sir ko‘rsatsa, ayrimlarga esa deyarli ta’sir qilmaydi. Agar siz birinchi guruhga kirsangiz, qahva iste’molidan 30 daqiqa oldin va keyingi qon bosimini o‘lchab oling. Yaxshisi, undan butunlay voz kechgan ma’qul.
8. Stressni kamaytirishga harakat qiling. Surunkali stress qon bosimini ko‘taruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
9. Uyda qon bosimingizni o‘lchab boring. Uy sharoitida qon bosimini kuzatib borish hayotingizga nimalarni o‘zgartirish kerakligini anglatib turadi.
10. Do‘stlar, yaqinlar ko‘magi muhim. Ularga o‘z muammolaringizni aytishingiz va yordam so‘rashingiz mumkin. Ularning qo‘llab-quvvatlashi qon bosimi bilan kurashishni osonlashtiradi va stressni kamaytiradi.


Bu ham qiziq

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!