$
11937.89 UZS
-10.69
141.76 UZS
-2.53
13769.16 UZS
-24.28
31° Kechasi 18°

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

16:47 / 02.04.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Buxoro viloyati sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmatlar va turizm sohalarida hech bir hududdan kam boʻlmagan ulkan imkoniyatlarga ega. Viloyatda 2 ta yirik neft-gaz kimyo korxonasi faoliyat yuritmoqda, yana bittasi barpo etilmoqda. Shuningdek, qiymati 5,2 milliard dollar boʻlgan, umumiy quvvati 4,5 gigavattga teng 10 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyasining qurilishi jadal ketmoqda.

2025-yilda hududiy yalpi mahsulot hajmi 7,2 foizga oshib, 86,6 trillion soʻmga yetdi, sanoatda 7,1 foiz, qishloq xoʻjaligida 4,3 foiz, xizmatlar sohasida 14 foiz oʻsish qayd etilgan. Ishsizlik 2024-yilga nisbatan 4,7 foizgacha, kambagʻallik darajasi 6 foizgacha pasaygan.

Yigʻilishda Buxoro viloyatini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari koʻrib chiqildi. Xususan, yalpi hududiy mahsulot hajmini 102,1 trillion soʻmga yetkazib, 9,1 foiz oʻsishga erishish, sanoat hajmini 9,1 foizga, qishloq xoʻjaligini 5,9 foizga, xizmatlar hajmini esa 20,1 foizga oʻstirish vazifalari belgilandi. Ishsizlik va kambagʻallik darajasini 2 foizgacha qisqartirish, 381,5 ming nafar aholini daromadli qilish nazarda tutilgan.

Shu maqsadda Buxoro va Kogon shaharlari, shuningdek, Olot, Peshku, Qorakoʻl, Shofirkon, Gʻijduvon va Qorovulbozor tumanlarini ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududlarga aylantirish boʻyicha manzilli choralar amalga oshirilishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Buxoro uch ming yillik tarixga ega koʻhna zamin ekani, bunday boy madaniy meros va tarixiy obidalar jamlangan shaharlar dunyoda kam uchrashini taʼkidladi. Mazkur salohiyatni iqtisodiy oʻsish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadini oshirish va infratuzilmani yaxshilashga xizmat qildirish zarurligi qayd etildi.

Investitsiya va eksport yoʻnalishida 2026-yilda 3,3 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish, 1,5 milliard dollarlik eksportni taʼminlash, umumiy qiymati 9,2 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.

Sanoatni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Qayd etilganidek, sanoat tarmoqlari kesimida 61 ta yirik loyiha shakllantirilgan boʻlib, ularning umumiy qiymati 2,2 milliard dollarni tashkil qiladi. Natijada 18 ming ta yangi ish oʻrni yaratish, aholi jon boshiga sanoat hajmini 25,6 million soʻmdan 29,6 million soʻmga yetkazish moʻljallangan.

Xususan, Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Loyihaning qiymati 350 million dollarni tashkil etib, 500 ta ish oʻrni yaratiladi.

Shuningdek, Buxoro tumanida pirolizni qayta ishlash orqali benzol, toluol, ksilol, pentan, geksan, bitum va kalsiy xlorid ishlab chiqarish boʻyicha 220 million dollarlik loyihani amalga oshirish, Qorovulbozor tumanida 85 million dollarlik loyiha asosida AI-91 va AI-92 benzin ishlab chiqarishni kengaytirish, Kogon tumanida qogʻoz va karton mahsulotlari tayyorlashni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.

Qorovulbozor tumanida yiliga 100 ming tonna mineral oʻgʻit, Kogon tumanida esa gipsokarton ishlab chiqarishni kengaytirish rejalari ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, 61 ta mavjud sanoat zonasidagi boʻsh yer maydonlarida joylashtiriladigan yangi ishlab chiqarishlar uchun ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi. Jumladan, Buxoro shahri va Buxoro tumanida oziq-ovqat va mebelchilik, Vobkentda charm va yengil sanoat, Kogon va Qorovulbozorda neft-kimyo, Shofirkon va Peshkuda farmatsevtika hamda oziq-ovqat, Gʻijduvonda qurilish materiallari yoʻnalishlariga ustuvorlik beriladi.

Qishloq xoʻjaligida zamonaviy yerdan foydalanish texnologiyalari va irrigatsiya tizimlarini joriy etish hisobiga 100 ming gektar yerni oʻzlashtirish va foydalanishga kiritish mumkinligi qayd etildi. Bu viloyat iqtisodiyoti va eksport salohiyatini sezilarli oshirishga xizmat qiladi.

Yigʻilishda viloyatdagi 3 million gektar yaylov yerlaridan samarali foydalanish, chorvachilikni rivojlantirish, ozuqabop ekinlar maydonini kengaytirish boʻyicha yangi yondashuvlar ham muhokama qilindi. Joriy yilda 59,2 ming gektar maydonga toʻliq ozuqabop ekinlar ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, umumiy qiymati 454 milliard soʻm boʻlgan 82 ta chorvachilik loyihasini amalga oshirish uchun chetdan 20 ming bosh naslli qoramol, 30 ming bosh qoʻy va 200 bosh ot olib kelish koʻzda tutilgan.

Paxtachilik, gʻallachilik va suv tejash yoʻnalishlarida ham aniq vazifalar belgilandi. Xususan, 2026-yilda paxta hosildorligini 52 sentnerga, gʻalla hosildorligini 100 sentnerga yetkazish, 96,8 ming gektarda suv taʼminoti va meliorativ holatni yaxshilash, 453,5 million kub metr suvni iqtisod qilish, 742 ta qishloq xoʻjaligi texnikasini olib kelish rejalashtirilgan.

Chorvachilikda har bir tumanda 50 bosh naslli qoramolga moʻljallangan zamonaviy mini fermalar tashkil etish taklifi koʻrib chiqildi. Ushbu dastur doirasida 110 ta loyiha amalga oshirilib, 5,5 ming bosh naslli qoramol olib kelinadi, 3 ming 750 ta yangi ish oʻrni yaratiladi va 51,5 ming tonna qoʻshimcha sut ishlab chiqarish quvvati shakllantiriladi.

Xizmatlar va aholi bandligini taʼminlash yoʻnalishida mahallalar ixtisoslashuvi asosida 49 ta loyiha amalga oshirilishi, 33 ta savdo va servis koʻchasi, 2 ta sohil boʻyi hududi, 4 ta turizm mahallasi va 10 ta yoʻl boʻyi loyihasi tashkil etilishi belgilandi. Buning uchun jami 12,5 trillion soʻm moliyaviy resurs, jumladan, 7,5 trillion soʻm kichik va oʻrta biznesga yoʻnaltiriladi.

Turizm sohasi hozirda asosan Buxoro shahri hisobiga toʻgʻri kelayotgani, viloyatning boshqa tumanlaridagi imkoniyatlar esa hali toʻliq ishga solinmagani qayd etildi. Jondor, Gʻijduvon, Buxoro, Qorakoʻl va Vobkent tumanlarida sohil boʻyi va yoʻl boʻyi drayver loyihalarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi uchun zamonaviy dam olish muhitini shakllantirish boʻyicha katta imkoniyatlar borligi koʻrsatib oʻtildi.

Shu munosabat bilan 2026-yilda 3,5 million xorijiy va 5,5 million mahalliy sayyohni jalb qilish, umumiy turistlar sonini 9 millionga yetkazish vazifasi qoʻyildi. Buning uchun 2026-yilda 73 ta yangi joylashtirish vositasi, 15 ta yangi turoperator va turagent ishga tushiriladi.

Buxoro shahrida barpo etilayotgan yangi turizm markazida 5 ta xalqaro brendli mehmonxona tashkil etish, Shofirkon tumanida Xoʻja Orif, Buxoro tumanida Chor Bakr va Yorjon turizm qishloqlarini rivojlantirish, Buxoro shahrida Mohi Xosa turizm mahallasini shakllantirish nazarda tutilgan. Buxoro tarixiy markazida UNESСO talablariga mos alohida maʼmuriy boshqaruv tizimini joriy qilish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Kogon shahrida 6 ta tarixiy obyekt negizida turizm shaharchasini tashkil etish taklifi koʻrib chiqildi.

Kadrlar tayyorlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Avstriyaning Krems universiteti bilan qoʻshma fakultet ochish, Buxoro turizm va madaniy meros texnikumini mazkur oliygoh boshqaruviga berish rejalashtirilgan. Bunda toʻliq dual taʼlim asosida mutaxassislar tayyorlash va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi. Ushbu universitet Buxoro shahrida tashkil etilayotgan tun-u kun koʻchalarni boshqarish boʻyicha yangi modelni ishlab chiqishga ham koʻmaklashadi.

Yigʻilishda aholi sonining oʻsishiga mos ravishda uy-joy va infratuzilmani rivojlantirish masalalari ham koʻrib chiqildi. Xususan, Buxoro tumanidagi Rabotak mahallasi hududida 63 gektar maydonda 10 mingdan ortiq xonadonli zamonaviy uy-joy kompleksi hamda Buxoro shahrida yangi maʼmuriy markaz tashkil qilish, “Yangi Oʻzbekiston” massivi hamda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻini barpo etish, Buxoro davlat universitetining yangi kampusini qurish kabi yirik qurilish va urbanizatsiya loyihalari muhokama qilindi.

Yoʻl va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ham qator vazifalar belgilandi. Viloyatda uzunligi 33,1 kilometr boʻlgan 7 ta aylanma yoʻl barpo etish, “Gʻuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” yoʻlining 78 kilometri va “Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi” yoʻlining 71 kilometr qismini rekonstruksiya qilish, A-380 yoʻli boʻyida 30,8 gektar yer maydonini auksionga chiqarib, 403 ta servis loyihasini joylashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ogʻir toifadagi 3 ta tuman va 36 ta mahallada, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi” 2 ta tuman va 35 ta mahallada yangi yondashuvlar asosida yoʻl, elektr, suv va sugʻorish tarmoqlarini yaxshilash ishlari amalga oshirilishi, ushbu maqsadlarga jami 593 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi maʼlum qilindi.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun 2026-yilda jami 4 trillion 484 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi, buning hisobiga maktab, bogʻcha, tibbiyot muassasalari hamda kommunal va transport infratuzilmasi boʻyicha yuzlab loyihalar amalga oshirilishi qayd etildi.

Prezidentimiz Buxoro viloyatining mavjud imkoniyatlarini toʻliq ishga solish, har bir tashabbusni aniq loyihaga aylantirish, investitsiya, ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, turizm va infratuzilma sohalarida natijadorlikni taʼminlash boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.


O‘zbekiston


														
														15-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

15-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 38-40 daraja…
17:57 / 14.08.2026

														
														O‘zbekistonda tadbirkorlar 3 oy litsenziyasiz ishlashi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar 3 oy litsenziyasiz ishlashi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar ayrim faoliyat turlarini litsenziya yoki ruxsatnoma olmasdan turib 3 oy davomida amalga oshirishi…
17:37 / 14.08.2026

														
														Uchtepada 574 mln so‘mlik firibgarlik fosh etildi

Uchtepada 574 mln so‘mlik firibgarlik fosh etildi

Toshkentning Uchtepa tumanida o‘zlarini ko‘p qavatli uy boshqaruv organi rahbari sifatida ko‘rsatib, xonadon egalarining 574…
16:49 / 14.08.2026

														
														Germaniyada jazirama oqibatida 12,5 ming kishi vafot etdi

Germaniyada jazirama oqibatida 12,5 ming kishi vafot etdi

Germaniyada 2026-yil boshidan buyon jazirama issiq bilan bog‘liq o‘limlar soni qariyb 12,5 ming kishiga yetdi.
14:29 / 14.08.2026

														
														Toshkentda mehmonxona sport zali narko-omborga aylantirilgani fosh etildi

Toshkentda mehmonxona sport zali narko-omborga aylantirilgani fosh etildi

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonu…
12:41 / 14.08.2026

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi y…
12:02 / 14.08.2026

														
														Toshkentda ona 3 yoshli bolasiga uxlatuvchi dori berib, muntazam qiynagani aniqlandi

Toshkentda ona 3 yoshli bolasiga uxlatuvchi dori berib, muntazam qiynagani aniqlandi

Toshkentning Yashnobod tumanida ona 3 yoshli o‘g‘liga muntazam ravishda jismoniy zo‘ravonlik qilgani, shuningdek, uni qarovs…
09:54 / 14.08.2026

														
														Terrorizmni moliyalashtirgan va Suriyaga borishga uringan o‘zbekistonlik 10 yilga qamaldi

Terrorizmni moliyalashtirgan va Suriyaga borishga uringan o‘zbekistonlik 10 yilga qamaldi

Suriyadagi terroristik tashkilotlar targ‘ibotiga berilib, ularning faoliyatini moliyalashtirgan hamda jangarilar safiga qo‘s…
09:32 / 14.08.2026

														
														Tailanddan O‘zbekistonga olib kirilgan katta miqdordagi sintetik narkotik moddalar fosh etildi.

Tailanddan O‘zbekistonga olib kirilgan katta miqdordagi sintetik narkotik moddalar fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor…
15:49 / 13.08.2026

														
														“Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” tushunchasiga almashtiriladi

“Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” tushunchasiga almashtiriladi

O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashishga oid qonunchilikka qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
14:46 / 13.08.2026

Bu ham qiziq

Professor Hakim Muratov vafot etdi

Professor Hakim Muratov vafot etdi

Professor Hakim Muratov vafot etdi
13:47 / 13.08.2026
Toshkentda ona 3 yoshli bolasiga uxlatuvchi dori berib, muntazam qiynagani aniqlandi

Toshkentda ona 3 yoshli bolasiga uxlatuvchi dori berib, muntazam qiynagani aniqlandi

Toshkentning Yashnobod tumanida ona 3 yoshli o‘g‘liga muntazam ravishda jismoniy zo‘ravonlik qilgani, shuningdek, uni qarovs…
09:54 / 14.08.2026
Tramp Anqaradan qaytishda yashirincha samolyotini o‘zgartirganini tasdiqladi

Tramp Anqaradan qaytishda yashirincha samolyotini o‘zgartirganini tasdiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaning Anqara shahridan qaytishda samolyotini yashirincha almashtirganini tasdiqladi. Unin…
11:07 / 12.08.2026
Toshkentda mehmonxona sport zali narko-omborga aylantirilgani fosh etildi

Toshkentda mehmonxona sport zali narko-omborga aylantirilgani fosh etildi

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonu…
12:41 / 14.08.2026
Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi

Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi

Biriga 15 sutka qamoq, biriga jarima – Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi
16:52 / 12.08.2026
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Ruslanbek Davletov O‘zbekiston Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘y…
11:44 / 14.08.2026
O‘zbekistonda aholi qarzi 610 trln so‘mga yetdi: Markaziy bankni nima xavotirga solmoqda?

O‘zbekistonda aholi qarzi 610 trln so‘mga yetdi: Markaziy bankni nima xavotirga solmoqda?

O‘zbekistonda aholining banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar oldidagi qarzdorligi keskin oshmoqda.
09:27 / 14.08.2026
Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik obyektlariga qaratilgan hujumlarni o‘zaro to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda ma…
17:07 / 14.08.2026
Sudya Oliy sud matbuot kotibi bo‘ldi

Sudya Oliy sud matbuot kotibi bo‘ldi

Surayyoxon Rustamovna Xo‘jamqulova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshlig‘i lavozim…
17:16 / 12.08.2026
O‘zbekistonda 13-avgust, payshanba kuni harorat 43 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 13-avgust, payshanba kuni harorat 43 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 metr…
17:35 / 12.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!