$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
35° Kechasi 20°

Blog yuritishning 12 foydasi

22:48 / 10.05.2021

Blog yuritish – anchagina foydali mashgʻulot. Quyida buning sabablarini sanab oʻtamiz:

 1. Oʻzingizni rivojlantirish imkoniyati
Blog yuritar ekansiz, ommaga qaysidir jihatlaringizni koʻrsatishga harakat qilasiz. Sizni qiziqib kuzatib borishlari uchun shaxsiy sifatlaringiz ustida ishlashga va imkoniyatlaringizni roʻyobga chiqarishga toʻgʻri keladi. Buning uchun kun kelib blogingizga rahmat aytasiz.

 2. Yangi maqsadlar paydo boʻladi
Blog yuritish jarayonida yana-da koʻproq odamni jalb qilish ishtiyoqi paydo boʻladi. Odamlarga ochilib borar ekansiz, qoʻrquv va shubhalaringizni yengishga ham erishasiz.

 3. Doimiy ta’lim
Blog yuritish uchun ba’zi koʻnikmalarni oʻzlashtirish va rivojlantirishga toʻgʻri keladi. Masalan, fikringizni ifodali va chiroyli yetkazish, sifatli foto va videolar olish, blogni biror soha boʻyicha yuritayotgan boʻlsangiz – shu sohani yana-da chuqurroq oʻrganish kabilar yuz berishi mumkin.

 4. Zamon bilan hamnafaslik
Blogerlar odatda dizayn hamda texnologiyalar borasidagi trendlarni hammadan oldin bilishadi. Shuningdek, odamlarning kayfiyati, istaklaridan ham xabardor boʻlishadi.

 5. Yangi odamlar bilan tanishuv
Blog yuritish jarayonida turli-tuman ajoyib, iqtidorli odamlar bilan tanishishingiz, shuningdek, muvaffaqiyatli blogerlar bilan ham aloqa oʻrnatishingiz mumkin. Sizni tan olishganida, maqtashganida oʻzingizga ishonch ancha yuksaladi.

 6. Chet tillarini bilish koʻnikmangizni rivojlanish
Sohangiz borasida chet tillaridagi bloglarni kuzatib borsangiz, til bilish darajangiz ham oshadi. Ulardan blog yuritishni oʻrganar ekansiz, qanday qilib xorijiy tilni oʻzlashtirayotganingizni sezmay qolasiz.

 7. Kasbiy aloqalarning oʻrnatilishi
Blog – kasbiy koʻnikmalaringizni namoyish qilish uchun ajoyib maydon. Aynan blogingiz orqali sizga kasbingizga oid takliflar bilan kelishlari mumkin.

 8. Shaxsiy brend yaratish
Bloglarning ortida odam borligi his qilingani uchun, auditoriya ularga ishonadi. Kiyim, kitob, kafe, turistik manzillarni aynan sizning tavsiyangizga ishonib tanlashlari mumkin. Muhimi, samimiy va toʻgʻrisoʻz boʻlishingiz.

 9. Foyda keltirish imkoniyati
Blogingiz axborot manbasi boʻlmasa ham, soʻzlar, xatti-harakatlaringiz orqali odamlarni ilhomlantirishingiz mumkin. Bu shubhasiz, kimgadir yordam berishdir.

 10. Ijodiy jarayondan lazzatlanish
Blog yuritishni boshlar ekansiz, bir necha faoliyatni qamrab oladigan ijodiy olamga kirib borasiz. Ijodiy fikrlashingiz oʻsadi.

 11. Intizom va rejalashtirish koʻnikmalarining rivojlanishi
Blogni yuritayotganda rejalashtirishga toʻgʻri keladi. Ish va dam olish borasida shaxsiy qoidalaringiz vujudga keladi – oʻzingiz bilan yaxshiroq tanishasiz. Rejasiz hayot, rejasiz blog – bu faoliyatni eplolmasligingizga olib kelishi mumkin. 

 12. Qoʻshimcha daromad manbasi
Blog yuritish – oson emas. U moddiy va ma’naviy mukofotga loyiq. Yuqoridagi holatlar sizda kuzatilsa, blog ortidan pul topish ham albatta kuttirib qoʻymaydi. Qalbingizni, vaqtingizni, kuchingizni bergan blogingiz, albatta, daromad keltiradi.


Bu ham qiziq

Zangiotadagi yong‘in FVB tomonidan bartaraf etildi

Zangiotadagi yong‘in FVB tomonidan bartaraf etildi

Bugun, 26-aprel kuni soat 09:32 da Toshkent viloyati Zangiota tuman “Olim polvon” MFY, Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashg…
11:08 / 26.04.2025
Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025
Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

“Rossiya armiyasi Kursk chegarasida dushmanni to‘liq tor-mor qildi”, — deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, …
17:14 / 26.04.2025
Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 22-aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodd…
09:35 / 27.04.2025
26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:27 / 25.04.2025
UFC. Maks Xollouey va Dastin Pore trilogiyasi bo‘ladi

UFC. Maks Xollouey va Dastin Pore trilogiyasi bo‘ladi

Ushbu jang UFC 318 doirasida kamar uchun kechadi.
12:06 / 26.04.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ayolning farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtir…
09:44 / 26.04.2025
Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizini kaltakladi

Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizini kaltakladi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.
13:01 / 26.04.2025
O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Texnik yordam dasturi doirasida Jahon banki ekspertlari o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda ushbu tuzilmani joriy …
19:26 / 25.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!