$
12653.48 UZS
-109.05
159.75 UZS
-2.91
14871.64 UZS
-106.47
40° Kechasi 26°

Ota-onalar uchun: Bola bo‘yini o‘stiradigan mahsulotlar

16:14 / 09.02.2020

Bo‘y o‘sishi irsiyat tomonidan belgilangan, bolaning salomatlik darajasini ko‘rsatib turuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Farzandingiz sog‘lom va bo‘yi baland bo‘lib ulg‘ayishi uchun uni to‘g‘ri ovqatlantirish kerak. Buning uchun esa bo‘yni o‘stiruvchi muayyan mahsulotlarni iste’mol qilish to‘g‘ri bo‘ladi.

• Bug‘doy yormasi
Yorma har qanday yoshda ham foydali. Bolaning to‘laqonli rivojlanishi uchun kletchatka, uglevod va vitaminlarga boy suli, bug‘doydan tayyorlangan yormalar juda foydali. Diyetologlar yormani suvda emas, sutda qaynatishni tavsiya etishadi. Yormaga banan, reza yoki quruq mevalarni qo‘shish uning foydali xususisyatlarini ikki hissa oshiradi. Kuniga 10-15 gr. yorma yeyish maqsadga muvofiqdir.

• Tuxum
Tuxum tarkibidagi tez hazm bo‘luvchi oqsil bola organizmi uchun juda muhim. Tuxumning, ayniqsa, sarig‘i D vitaminiga boyligi sabab, qabul qilingan kalsiy ikki marta tez o‘zlashtiriladi. Kalsiy moddasi esa aynan suyaklar o‘sishiga javobgardir. Ijobiy natijaga erishish uchun kuniga bir dona qaynatilgan tuxumdan, bir haftada 3-4 marta yeyish tavsiya etiladi.

• Dukkakli mahsulotlar
No‘xat, yasmiq, loviya dukkakli mahsulotlarning eng sarasidir. Suyaklar o‘sishini ular yordamida quvvatlash uchun mahsulotlarni suvda qaynatilgan, salatlar holida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ularni suvda pishirib, turli souslar bilan aralashtirib yeyish tavsiya etiladi.

• Olma
Olma B guruhi vitaminlariga, magniy, kalsiy, beta-karotin, kaliy mikroelementlariga mo‘l. Ular bolaning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘yi baland bo‘lishini istagan har bir kichkintoy kuniga hech bo‘lmasa bir dona olma yeb turishi kerak.

•  Mol go‘shti
Boshqa go‘sht turlariga qaraganda mol go‘shti oqsilga boyligi bo‘yicha yetakchilik qiladi. 
Unda temir, rux, B1, B12 vitaminlarining bola rivojlanishida o‘rni benihoya katta. Undagi foydali xususiyatlar saqlanib qolishi uchun go‘shtni qaynatish yoki bug‘da pishirib yeyish tavsiya etiladi. Qizil go‘shtni bola haftada ikki martadan ko‘p iste’mol qilishi mumkin emas.  

•  Yong‘oq
Yong‘oq o‘simlik moyi, oqsilga boy. U bosh miya uchun kerak. Aksariyat bolalar uni shunday, donalab yeyishni xush ko‘rmaydi. Ularning iste’molini yoqimli qilishni istasangiz, ularni qirg‘ichdan o‘tkazib yogurtga qo‘shib berish mumkin. Yong‘oqdagi fosfor, E vitamini bolangizning kuchli va baland bo‘yli bo‘lib ulg‘ayishiga yordam beradi.


Bu ham qiziq

Qabul-2025. 9-kun natijalari e’lon qilindi

Qabul-2025. 9-kun natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar natijalarni bir necha usulda bilishlari mumkin
21:07 / 23.07.2025
Foydali qazilmalarga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Foydali qazilmalarga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Hukumat qarori bilan “Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoni…
10:13 / 24.07.2025
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalariga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalariga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi

Universitet rektori Sodiq Safoyev bitiruvchilarni onlayn tarzda qutladi
21:26 / 23.07.2025
25-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
21:58 / 24.07.2025
Bahodir Jalolovning jangi bekor qilindi

Bahodir Jalolovning jangi bekor qilindi

Bahodir Jalolov professional faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
17:03 / 24.07.2025
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi

Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi

Payshanbaga o‘tar kechasi Tailand Kambodja bilan chegarani yopganini e’lon qildi.
11:57 / 24.07.2025
O‘zbekiston ekologik partiyasi Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovini yubordi

O‘zbekiston ekologik partiyasi Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovini yubordi

“Daraxtlar va tabiatni asrash har birimizning burchimizdir” – deyiladi partiya axborotida
20:44 / 23.07.2025
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni yanada oshiriladi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni yanada oshiriladi

Bu borada ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasida memorandumlar imzolandi
18:18 / 24.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!