O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirilgan. Kun.uz’ga ma'lum qilishlaricha, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan polkovnik Aziz Anvarovich Toshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
IIV vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Davron Abitovich Nazarmuhamedov, yangi tayinlovga ko‘ra, Xorazm viloyati IIB rahbari sifatida ish olib boradi.
Ta'kidlanishicha, vazirlik rahbariyatida bir necha tayinlovlar amalga oshirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!