$
12933.16 UZS
-14.94
158.28 UZS
1.35
14719.23 UZS
23.14
27° Kechasi 16°

Kun tarixi: Zahiriddin Muhammad Boburdek umr ko‘rgan Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligi. Shoir haqida siz bilmagan qiziqarli ma’lumotlar

11:09 / 26.04.2020

Bugun o‘zbekning hassos shoirlaridan biri Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligi. Shu munosabat bilan quyida “O‘zbekiston xalq shoiri” Muhammad Yusuf haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Hayoti
Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumanida oddiy zahmatkash insonlar oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga kiradi va uni 1978-yilda bitiradi. Uning dastlabki she’rlari “O‘zbekiston madaniyati” (hozirgi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”) haftaligida chop etilgan. Muhammad Yusuf Respublika kitobsevarlar jamiyati, “Toshkent oqshomi” gazetasi, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida turli lavozimlarda ishlagan. 1995-1997-yillarda “Tafakkur” jurnalida bo‘lim mudiri, 1997-2001-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Ijodi

Muhammad Yusufning she’rlari gazeta va jurnallarda tez-tez chop etilib turishiga qaramasdan, ilk kitobi birmuncha kech – 1985-yilda chop etilgan. Shundan keyin shoirning “Bulbulda bir gapim bor”, “Uyqudagi qiz”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Osmonimga olib ketaman” singari o‘nlab she’riy to‘plamlari o‘quvchilar e’tiboriga taqdim etilgan. Uning “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh” singari yirik dostonlari ham mavjud. Yuksak ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.

Qiziqarli ma’lumotlar
•  Muhammad Yusuf Zahiriddin Muhammad Bobur, Shavkat Rahmon kabi 47 yil umr ko‘rgan.

•  Shoir taxallusini Tohir Malik qo‘ygan. Tohir Malikga shoirning she’rlarini keltirishganida u iliq fikrlar bildiradi. “Ammo imzoni o‘zgartiramiz, “Muhammad Yusupov” emas, “Muhammad” ham “Yusuf” ham Payg‘ambarlarimizning ismlari. Ularga “ov” qo‘shimchasini qo‘shib, o‘zimizdan begonalashtirmaylik” – deydi. Shundan buyon shoir Muhammad Yusuf taxallusi ostida ijod qiladi.

•  Shoirning “Samarqandga borsam men agar” she’ri Muhammad Yusuf tushida oppoq kiyingan bir nuroniy qariyani ko‘rgan kuni – tongda dunyoga kelgan.

•  Muhammad Yusuf vaqtini ko‘p kitob o‘qishga sarflagan. U Bobur, Mashrab, Bedilni sevib mutolaa qilar edi. Anna Axmatova, Sergey Yesenin kabi rus shoirlari va Abdulla Oripovni ko‘p o‘qir edi.

•  Shoirning o‘zi suhbatlardan birida “Men har yili, ko‘pincha, bir she’rim ta’siri bilan yuraman. Bu yilgilaridan “Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa…” degan she’rimni yoqtiraman” degan edi.

Muhammad Yusuf 2001-yilning 31-iyulida Qoraqalpog‘istoning Ellikqal’a tumanida, yuzlab muxlislar qarshisida she’r o‘qiyotgan paytda yurak xurujidan vafot etgan.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekiston delegatsiyasi migrantlar huquqlarini himoya qilish maqsadida Rossiyaga yo‘l oldi

O‘zbekiston delegatsiyasi migrantlar huquqlarini himoya qilish maqsadida Rossiyaga yo‘l oldi

Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar, Ichki ishlar …
22:50 / 28.04.2025
29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:55 / 28.04.2025
Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasi ta’minoti tiklandi

Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasi ta’minoti tiklandi

Avvalroq elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab YeChL 1/2 finalidan o‘rin olgan “Barselona” va “Inter” jamoalari o‘rtasidagi …
14:22 / 29.04.2025
Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatla…
20:39 / 28.04.2025
O‘zbekistonda mikrokredit olish shartlari o‘zgartiriladi

O‘zbekistonda mikrokredit olish shartlari o‘zgartiriladi

24-iyuldan boshlab O‘zbekistonda mikrokreditning yangi qoidalari kuchga kiradi. Qarz yuki yuqori bo‘lgan qarz oluvchilar kre…
21:48 / 28.04.2025
Zelenskiy: “Nega 8-mayni kutib Putinning paradi vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishimiz kerak ekan”

Zelenskiy: “Nega 8-mayni kutib Putinning paradi vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishimiz kerak ekan”

Ukraina prezidenti Rossiya Federatsiyasi rahbarining may oyidagi uch kunlik sulh taklifini rad etdi.
09:08 / 29.04.2025
Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

“Tailand bosh vaziri Pxetxongtxan Chinavat xorijliklar uchun vizasiz rejim muddatini qayta ko‘rib chiqish, uni 60 kundan 30 …
12:25 / 29.04.2025
O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni qariyb 18 barobar ko‘paydi.
19:19 / 28.04.2025
Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolingan.
14:48 / 28.04.2025
30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
21:49 / 29.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!