“Bobbi” va “Chandni” singari filmlarning bosh qahramoni, taniqli hind aktyori Rishi Kapur bugun, 30-aprel kuni 67 yoshida Mumbaydagi shifoxonada vafot etdi.
Kapurlar oilasining bayonotida aytilishicha, aktyor umrining so‘nggida xushchaqchaq bo‘lib qolgan. U shifokorlar bilan birga kasallikka qarshi oxirigacha kurashgan.
Kecha, 29-aprel kuni aktyorning ukasi Randxir Kapur Rishi kasalxonaga yotqizilganini tasdiqlagan.
“U kasalxonada. Hozir saraton bilan kurashyapti, uning nafas olishida muammolar bor. Hozir ahvoli biroz barqarorlashgan”, degandi Randxir Kapur PTI agentligiga bergan intervyusida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rishi Kapur joriy yil fevral oyida ikki marta – dastlab Nyu-Dehlida, so‘ng Mumbayda kasalxonaga yotqizilgan.
Avvalroq hindistonlik boshqa bir aktyor Irfon Xon vafot etgani haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!