$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Kun tarixi: 1 milliard dollarga baholangan Toj-Mahal bunyodkori – Shoh Jahon vafot etgan kun

11:09 / 22.01.2020

Hindistonning duru-gavhari, dunyoning yetti moʻjizasidan biri bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi serhasham Toj-Mahalni kim qurganini bilasizmi? Ushbu saroyning barpo etilishi Hindistonda 332 yil hukmronlik qilgan Boburiylar imperiyasining podshohlaridan biri Shoh Jahon nomi bilan bog‘liq. 

Bunyodkor podshoh

Shoh Jahon 1592-yilning 5-yanvarida tavallud topgan va 1666-yilning 22-yanvarida, ya’ni bugun Agra shahrida vafot etgan. Shoh Jahon Boburiy shahzodalarning uchinchisi, Jahongirshohning farzandi edi. U 30 yil davomida hukmronlik qilgan va hukmronlik vaqtida ko‘pincha me’morchilik bilan shug‘ullangan. Mana shu sababli bo‘lsa kerak, ushbu shohni “bunyodkor podshoh” deb ham atashgan. Uning davrida barpo etilgan obidalardan biri – bu Toj-Mahaldir. 

Abadiy muhabbat ramzi

Tarixda Toj-Mahalning qurilishi va Shoh Jahon bilan bog‘liq bir qancha afsonalar yuradi. Aytishlaricha, ushbu saroyni Shoh Jahon suyukli rafiqasi Mumtoz Mahal begim (Arjumand)ga atab qurgan ekan. Shohning o‘z rafiqasiga mehr-muhabbati cheksiz bo‘lgan va muhabbat, sadoqat ramzi sifatida malika o‘z yoriga 14 nafar farzand tuhfa etgan. Ammo oxirgi tug‘uruq vaqtida malika vafot etadi va uning vafotiga chiday olmagan shoh qattiq g‘amga botadi. Vafoti oldidan Shoh Jahon suyukli yori qabri ustida chiroyli saroy qurishni va’da qiladi va Toj-Mahal barpo qilinadi.

Toj-Mahal nafaqat hashamatli maqbara balki muhabbatning ramzi hamdir. Quyida muhabbat timsoli, hind mutafakkiri Robindranat Tagorning ta’rificha, “abadiylik yuzidagi ko‘z yosh” Toj-Mahal haqida qiziqarli ma’lumotlarni havola etamiz.

• Ushbu maqbara 21 yil davomida barpo qilingan. Saroyning qurilish ishlari malika Mumtoz Mahalning vafotidan (1632-yil) bir yil o‘tib boshlangan. Hozirgi hisob-kitoblarga taqqoslaydigan bo‘lsak, qurilishga taxminan 1 mlrd. AQSh dollari sarflangan ekan.

• Maqbara Ahmed Laxauri ismli ustoz-me’mor boshchiligida qad rostlagan. Qurilish ishlarida 20 000 dan ortiq inson va 1000 dan ziyod fil ishtirok etgan.

• Binoning uch tomoni qizil toshdan qurilgan, oldi esa sifatli marmar toshlardan barpo qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu toshlar u vaqtda Afg‘oniston, Xitoy va Tibetdan keltirilgan ekan.

• Saroyning barcha devorlarida Shoh Jahonning o‘z rafiqasiga atalgan yozuvlar bitilgan.

• Toj-Mahal kuniga uch marta o‘z rangini o‘zgartiradi. Ertalab u pushti rangda, kun davomida oq, quyosh botish vaqtida oltinrangga kiradi. Oq marmarlar orasiga yashiringan qimmatbaho yoqutlar esa qorong‘uda o‘zgacha go‘zallik baxsh etadi. Shuning uchun tarixchilar Toj-Mahalning bor go‘zalligini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz u yerga yo saharda yoki shomda borishni tavsiya qilishadi. 

• Afsonalarga ko‘ra, Shoh Jahon qurilish tugagach, ular yana Toj-Mahaldek durdona asar yarata olishmasliklari uchun barcha quruvchilarning katta bosh barmoqlarini kesib tashlagan ekan. 

• Maqbaraga uchta – sharqiy, janubiy va g‘arbiy darvozalar orqali kiriladi.
• Toj-Mahalning o‘zgachaligi shundaki, unga qaysi tomondan qarasangiz ham bir xil ko‘rinadi.

• Hozirda Toj-Mahalning marmar toshlari Hindistondagi surunkali yog‘ingarchilik, iflosgarchilik sabab sifatini yo‘qotmoqda. Toshlar, hatto sarg‘ayishni ham boshlagan.

Nargiza UTEPOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotgan…
09:32 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025
AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025
Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Hujjat muhokama uchun taqdim etilgan va hali tasdiqlanmagan.
16:24 / 03.08.2025
1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025
Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Yillik gaz yetkazib berish hajmi 1,2 milliard kub metr gazni tashkil qilishi bildirildi.
16:32 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!