Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan "Sudochye" ko‘lida joriy yilning 27-iyul kuni soat 15:00larda qamishzor yongani aniqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Qo‘ng‘irot tuman inspeksiyasi va Sudochye-Aqpetkey davlat buyurtma qo‘riqxonasining davlat inspektorlari tomonidan joyiga borib o‘rganilgan.
Ma’lumot berilishicha, 2021-yil 27-iyul kuni “Sudochye” ko‘li hududida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in sodir bo‘lgan joyga Qo‘ng‘irot tuman inspeksiyasi va Sudochye-Aqpetkey davlat buyurtma qo‘riqxonasining davlat inspektorlari yetib borgan. Yong‘in sodir bo‘lgan hudud, yahni qamishzor ko‘l o‘rtasida joylashgani sababli borishning iloji bo‘lmagan.
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, yong‘in havo harorati anomal darajada keskin ko‘tarilib, juda qattiq isib ketishi sababli kelib chiqqanligi taxmin etilmoqda. Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!