Hozirda yoshlar hayotini quloqchinlarsiz tasavvur qilish qiyin. “Naushnik” ularning yaqin do‘sti, hamrohiga aylanib ulgurgan. Ular quloqda bo‘lmasa bormi, xuddiki bir nimasini qoldirib yoki yo‘qotib qo‘ygandek bo‘ladi. Biz bunchalik suyanib qolgan quloqchinlar uzoq yillar beminnat xizmat qilishi uchun ularni sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
1-tavsiya: Shakliga e’tibor beramiz
Barcha quloqchinlar uchta asosiy shaklda – quloq suprasini to‘liq yopuvchi (nakladnoy), quloq ichiga kiritiluvchi (vnutrikanalniy) va quloq tashqi yo‘lida turuvchi (vkladish) ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Ularning har birida o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Quloq suprasini to‘liq yopuvchi quloqchinlar tashqi ovozni juda yaxshi to‘sadi. Quloqqa juda yaxshi mahkamlanishi sabab u bilan yurish juda qulay.
Quloq ichiga kiritiluvchi quloqchin ham shovqindan yaxshi izolyatsiya qiladi. Ammo, quloq ichiga kiritilib qo‘yilishi sabab ayrimlarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
Quloq tashqi yo‘lida turuvchi “naushnik”lar tashqi ovozlarni juda yaxshi to‘sishi bilan ajralib turadi. Qolaversa, ularni quloqqa taqib yurish ham noqulaylik tug‘dirmaydi.
2-tavsiya: Mahkamlanishi
Quloqchinlarning quloq suprasini to‘liq to‘suvchi turlari boshga maxsus chambarak bilan mahkamlanadi. Qolgan turlarida esa quloq suprasi ortiga mahkamlanuvchi maxsus ilgakchasi bo‘ladi. Ularning qay birini tanlash o‘zingizga havola.
3-tavsiya: Tanlovdan maqsad
Quloqchinlarni nima uchun sotib olyapsiz? Agar ularni sport bilan shug‘ullanish vaqtida taqish uchun xarid qilayotgan bo‘lsangiz uning quloqqa qanday mahkamlanishiga e’tibor bering. Bunday “naushnik” suv va terdan yaxshi himoyalangan bo‘lishi kerak. O‘yin yoki musiqa tinglashni sevuvchilar uchun esa ovoz tonini o‘zgartirish xususiyatiga ega, mikrofoni borlari to‘g‘ri keladi.
4-tavsiya: Ulanish turi
Avvallari barcha “naushnik”lar “djek” deb ataluvchi boshcha yordamida telefonga ulanar edi. Hozirda esa USB Tupe-C va umuman simsiz turlari ham mavjud.
5-tavsiya: Bosim
Shovqin joyda ishlaydiganlar uchun shovqinni to‘liq to‘suvchi quloqchinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday xususiyat yuqorida aytilgan “naushniklar”ning barcha turlarida mavjud.
6-tavsiya: Qo‘shimcha xususiyatlar
Ayrim quloqchinlarni pleyer shaklida ishlatish mumkin bo‘lgan ichki xotiraga ega turlari bor. Shuningdek, ba’zi “naushnik”lar qo‘shimcha fitnes xususiyatlariga ega. Ular tananing faollik darajasini nazorat qiladi, “trener” vazifasini o‘tashi ham mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!