“Times High Education” reyting agentligining maʼlumotiga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekistonning tibbiyot universitetlari orasida birinchi bo‘lib “Good health and well-being” (“Mustahkam salomatlik va farovonlik”) yo‘nalishida xalqaro reytinglarda qayd etildi, deb xabar bermoqda Xabardor.uz muxbiri Dunyo AA manbasiga asoslanib.
2020-yil 22-aprelda eʼlon qilingan “Times Higher Education” ko‘rsatkichlariga muvofiq, Toshkent tibbiyot akademiyasi “Mustahkam salomatlik va farovonlik” yo‘nalishi bo‘yicha 301+ guruh reytingiga kiritilgan O‘zbekistondagi yagona tibbiy oliy taʼlim muassasasi bo‘ldi.
Maʼlumot uchun, Tibbiy kadrlar tayyorlash sifatini va tibbiy taʼlimni ilg‘or xalqaro darajaga muvofiq ravishda olib chiqish maqsadida 2017–2019-yillarda akademiyaning 372 vakili o‘z malakasini oshirib, dunyoning yetakchi tibbiyot markazlari va universitetlarida amaliyot o‘tashdi.
Xuddi shu davrda mobaynida 361 nafar chet-el professorlari va yetakchi tibbiyot mutaxassislari Tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayoniga pedagogik faoliyat va amaliy tibbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun jalb qilindi.
Hozirgi vaqtda xalqaro hamkorlik doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy texnologiyalar innovatsion markazining tashkil etilgan va zamonaviy simulyatsiya uskunalari, simulyatsion robоtlar bilan jihozlangan, Sechenov universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda “Tibbiyot universitetlararo hamkorlik markazi” tashkil etildi, Koreya universiteti (Koreya Respublikasi) bilan hamkorlikda noyob tibbiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan "Hamkorlik tadqiqot markazi” tashkil etilgan.
Har yili tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, talabalar, o‘qituvchilar va xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar “Mustahkam salomatlik va farovonlik” reytingiga kiritiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!