Siz mijozlarga taklif qilayotgan narsalarni, internet orqali sotish imkoni bo‘lsa, buni amalga oshirishni boshlashning ayni vaqti keldi. Shu yo‘l bilan biznesingiz inqirozdan omon qolishi mumkin.
Qayerda sotish mumkin?
Sizning vazifangiz – onlayn sotuvni iloji boricha tezroq yo‘lga qo‘yish, shuning uchun vaqtingizni veb-sayt yaratishga sarflamang. Internetda sayt yaratadigan tayyor platformalar (masalan, WordPress)dan foydalanib, bir kechani o‘zida sayt ustida ishlab, uni ishga tushirish mumkin. Sahifaga mahsulotlar katalogini, siz bilan bog‘lanish yo‘llari, to‘lov usuli va yetkazib berish xizmati haqidagi ma’lumotlarni joylashtiring. Bundan tashqari, instagram ijtimoiy tarmog‘ida ham sahifa oching. Unda mahsulotni chiroyli rasmga olib, reklama qilgan holda yangi xaridorlar e’tiborini jalb qilsangiz bo‘ladi. Bu yerda ham to‘lov shartlari va yetkazib berish xizmati haqida alohida yozib o‘tishingiz mumkin.
Qanday sotish mumkin?
Onlayn to‘lovlarni rad etish, mijozni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchiga yuborish bilan tengdir. Shu sababli, tez orada savdoni boshlash uchun qilinishi kerak bo‘lgan asosiy narsa internetda to‘lovni onlayn qabul qilishni sozlash. Mijozlar buyurtmalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron pochta yoki messenjerlar orqali to‘lashlari mumkin. Qanday qilib deysizmi? Xaridor mahsulotni tanlaydi, siz esa buyurtmaga to‘lov qilish va yetkazib berish sanasini kelishish uchun messenjeringiz manzili ko‘rsatilgan havolani yuborasiz. To‘lov xizmatiga ulanishdan oldin, to‘lovdan keyin necha kunda sizning hisobingizga pul tushishini bilib oling va to‘lov xizmatining texnik ta’minoti qanday ishlashini aniqlang.
Yetkazib berish xizmatini tashkillashtiring
Yetkazib berish xizmatini kuryerlik xizmati markazlari yordamida yoki mustaqil ravishda tashkillashtirish mumkin. Agar o‘zingiz tashkillashtirmay, tashqaridan yordam oladigan bo‘lsangiz, ular bilan shartnoma tuzishdan oldin, yetkazib berishni rad etishning o‘rtacha vaqtini belgilab oling. Shuningdek, kuryerlarning xavfsizligini ham unutmang: ularni himoya maskalari, qo‘lqop va antiseptiklar bilan ta’minlang.
Reklamani yo‘lga qo‘ying
Bunda sizga instagram sahifangiz yordam beradi. Uni biznes-profilga aylantiring, buning uchun Facebook’da sahifangiz mavjud bo‘lishi kerak. Profil orqali rasmlar statistikasini kuzatish, tahlil qilish hamda auditoriyaga aynan qanday kontent ma’qul kelayotganini bilib olish mumkin. Shu bilan birga, konkurslar va sovg‘ali o‘yinlar o‘tkazib turishni ham unutmang.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!