$
12915.07 UZS
15.07
156.43 UZS
-0.89
14659.90 UZS
64.84
35° Kechasi 18°

Dunyoning 8-mo‘jizasi: Dubaydagi betakror go‘zallikka ega bog‘

16:50 / 02.05.2019

Dubay nafaqat qimmatbaho va hashamatli mehmonxonalari, balki g‘aroyib, deyarli ertakmonand arxitektura loyihalari bilan ham mashhur. Ana shundaylardan biri Mo‘jizalar bog‘i. U bir necha yil davomida kimsasiz sahroda barpo etilgani, hozir esa dunyodagi eng katta gullar bog‘iga aylangani bilan diqqatga sazovor.

Bu yerda bo‘lganlarning bari bir ovozdan u dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi ekani, uni hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa-da ko‘rish kerakligini aytishadi. Mazkur bog‘ bo‘ylab sayr qilish va  uning betakror go‘zalligidan bahramand bo‘lishni taklif etamiz.

Bog‘ maydoni – 6,7 gektar. Bu yerga butun dunyodan jami gullarning 50 dan ortiq turlari keltirilgan. Ulardan esa haykal, devor, piramida va minoralar quriladi.

Bog‘ning asosiy bezagi – petuniya (gullari karnaysimon manzarali o‘simlik). Ularni yorongul, koleus, hamisha bahor guli va boshqalar to‘ldiradi.

Perimetri bo‘ylab bog‘ga daraxtlar ekilgan.

Bog‘ balandligi 3 metr va 800 metr uzunlikka cho‘zilgan g‘aroyib gullar devori tufayli Ginnes rekordlar kitobiga kirishga ulgurdi.

Parkda ko‘plab installyatsiyalar mavjud. Ulardan eng mashhuri – ko‘plab Yevropa shaharlarida sevilib ulgurgan soyabonlar.

Sug‘orish uchun tomchilab sug‘orish tizimidan foydalaniladi. Bu ham suvni, ham elektr quvvatini tejaydi.

Dizaynerlarning faxri – 10 metrli gulli minora. U inson va tabiat birligining ramzi.

Har yili bog‘dagi o‘simliklar soni ortmoqda. Dizaynerlar esa biror yangi narsa o‘ylab topishdan charchashmayapti.

Mazkur go‘zallikning bari – sahro markazida.


Bu ham qiziq

Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Unian nashrining ma’lum qilishicha, josuslik dasturi allaqachon 100 dan ortiq mamlakatda aniqlangan.
11:03 / 03.05.2025
Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu yer silkinishi magnitudasi 6 ga teng edi. Bu haqda Yevropa o‘rta yer dengizi…
20:18 / 03.05.2025
Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Shuningdek, yana 4 nafar rossiyalik mansabdorlar ham “qora ro‘yxat”dan joy olgan.
11:50 / 03.05.2025
Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
15:11 / 03.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

2025-yilning I choragida 168 146 nafar iste’molchiga 19,7 milliard so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berilgan.
11:59 / 04.05.2025
4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
22:10 / 03.05.2025
Toshkentda ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

Toshkentda ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
20:04 / 04.05.2025
O‘zbekistonliklarning Rossiya safida urushda qatnashgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

O‘zbekistonliklarning Rossiya safida urushda qatnashgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burxonovning ma’lum qilishicha, Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolab, Ukrai…
10:31 / 03.05.2025
Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Nyu-Yorkdagi “Times Square” arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
12:28 / 03.05.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik charm qo‘lqop ustasi Naoya Inoue o‘rtasida super jang bo‘lib o‘ta…
19:20 / 04.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!