$
12790.12 UZS
-4.9
130.03 UZS
-1.59
13936.11 UZS
42
18° Kechasi 12°

Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadigan sana ma’lum qilindi

06:24 / 22.06.2021

Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi 2021-yil 21-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Majlisda Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisini 2021-yil 25-iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masalalar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi, “Sudlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l, Bekobod shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, qon donorligi sohasini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida, oqava suv tozalash inshootlarida vujudga kelayotgan muammo va kamchiliklarning atrof-muhit hamda aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish haqidagi masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda nazarda tutilgan infratuzilmani yaratish, sanoatlashuv va innovasiyalarga ko‘maklashish maqsadiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari va boshqa masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Senati hamda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan mahallardagi holat, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va sohaga oid belgilangan chora-tadbirlarning ijro etilishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilmoqda.


Bu ham qiziq

Namanganda maktab o‘quvchilari yana avtohalokat sodir etdi

Namanganda maktab o‘quvchilari yana avtohalokat sodir etdi

Bu safar ham ular mashinani “Rentcar”dan ijaraga olgan bo‘lgan.
15:13 / 04.11.2024
5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-noyabr kuni havo biroz bulutli bo‘ladi…
22:46 / 04.11.2024
Peruda futbolchi yashin urushi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Peruda futbolchi yashin urushi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
14:11 / 04.11.2024
Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.
11:45 / 04.11.2024
Toshkentda sifatsiz benzin sotayotgan shoxobchalar aniqlandi

Toshkentda sifatsiz benzin sotayotgan shoxobchalar aniqlandi

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
09:46 / 04.11.2024
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun AQSh bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun AQSh bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan mamla…
18:50 / 04.11.2024
Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini tiklash yo‘li topildi

Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini tiklash yo‘li topildi

Nature Cardiovascular Research xalqaro jurnalida inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak to‘qimasi tiklanishi m…
11:56 / 04.11.2024
KXDR Rossiyadan harbiylari evaziga nimalar oladi?

KXDR Rossiyadan harbiylari evaziga nimalar oladi?

Bu haqda The Korea Herald nashri ma’lum qilmoqda.
10:01 / 04.11.2024
Kamala Xarris pochta orqali saylovda ovoz berdi

Kamala Xarris pochta orqali saylovda ovoz berdi

AQShda prezidenti saylovi 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
19:14 / 04.11.2024
Eron Isroilga qarshi keng qamrovli hujumni rejalashtirmoqda

Eron Isroilga qarshi keng qamrovli hujumni rejalashtirmoqda

The Wall Street Journal xabar berishicha, Eron Isroilga qarshi “qaqshatqich va keng qamrovli” hujumni rejalashtirmoqda. Bung…
16:12 / 04.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!