$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Andijonda tibbiyot instituti o‘qituvchilarining maoshidan ularning roziligisiz pul ushlab qolingani aniqlandi

10:05 / 13.10.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot intitutining xodimlari oylik maoshidan ularning “ixtiyoriy” mazmundagi arizalari asosida (keyinchalik aniqlanishicha, 200 nafardan ortiq xodimdan shu mazmundagi ariza ham olinmagan) 100-300 ming so‘mdan shanbalik uchun ushlab qolingani haqidagi xabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan ushbu OTM rahbariyati bergan rasmiy bayonotiga ko‘ra, Hukumatning 455-F-sonli qarori hamda viloyat hokimining 47-1-0-F/21-sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida 21 avgust kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hashari munosabati bilan institutda mehnat qilayotgan barcha xodimlardan ixtiyoriy asosida bir kunlik ish haqi “Mahalla” hayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga o‘tkazilishi belgilangan, ammo institut xodimlaridan birortasining ish haqidan olib qolingan emas. 
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu xabar asossiz bo‘lib, feyk xabar hisoblanadi. Institutda biror xodim majburiy mehnatga jalb etilmaydi va ularning roziligisiz biror tadbir uchun oylik maoshlaridan ushlab qolinmaydi”, – deyiladi Andijon davlat tibbiyot intituti rahbariyati bergan munosabatda.

Adliya vazirligi Matbuot xizmati esa, ushbu holat Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilgani va haqiqatda tashkilotning jami 743 nafar xodimi ish haqidan ushlab qolingani aniqlanganini bildirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur OTM  rektorining 2021-yil 15-sentyabrdagi buyrug‘i bilan xodimlarning ish haqlaridan pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda shanbalik uchun ushlab qolish belgilangan.

Biroq, institut rektorining yuqoridagi buyrug‘iga asosan 743 nafar xodimlarning sentyabr oyi uchun oylik ish haqidan 100-300  ming so‘mdan jami 150 mln so‘m mablag‘lar avgust oyida o‘tkazilgan hashar munosabati bilan ushlab qolingan bo‘lib, shundan 221 nafar xodimning ish haqidan ularning roziligisiz pul mablag‘lari ushlab qolingan.

O‘rganish natijasida 150 mln so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarilgan hamda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan institutning mansabdor shaxslari intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.


Bu ham qiziq

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

U sud qaroridan norozi ekanligini va apellyatsiya berishini ma’lum qildi
18:02 / 02.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotgan…
09:32 / 03.08.2025
Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Ma’lumotlarga ko‘ra “Mangal fest”da bir guruh fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
12:20 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Hozirda, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
11:00 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!