Odamlarning baxt hissini tuyishlari organizmdagi bir nechta gormonlarning ishlab chiqarilishiga bogʻliq. Ushbu gormonlar qachon koʻproq ishlab chiqariladi, ularga nimalar taʼsir qiladi? Shu haqida batafsil.
Erdorfin – qisqa muddatli quvonch va eyforiya hissini paydo qiladi. Ushbu gormon bosh miya neyronlarida ishlab chiqariladi. Erdorfin gormoni miqdoriga ultrabinafsha nurlari, shirinliklar isteʼmoli, his-tuygʻular, sport mashqlari taʼsir qiladi.
Dofamin- insonning oʻziga boʻlgan ishonch hissini oshiradi va sevib qolganlik tuygʻusini paydo qiladi. Mazkur gormon buyraklar va buyrak usti bezlari tomonidan ishlab chiqariladi. Dofamin gormoni miqdori maʼlum maqsadga erishilgan vaqtda oʻta oshib ketadi va ushbu gormon maqsadlarga yetishish jarayonini nazorat qiladi.
Oksitosin – gipotalamusda ishlab chiqariluvchi oksitotsin gormoni xavotir va tahlika darajasini kamaytiradi. Sevimli insonlar bilan birga boʻlish, ularni koʻrish, quchoqlash kabi holatlar oksitosin miqdorini oshiradi.
Vazopressin – atrofdagilarga gʻamxoʻrlik qilish istagini kuchaytiradi. Ushbu gormon ham gipotalamusda ishlab chiqariladi.
Serotonin – gʻuddasimon bezda ishlab chiqariluvchi mazkur gormon umumiy ruhiy holat hamda kayfiyatni nazorat qiladi. Xurmo, sut, qora shokolad kabi mahsulotlarni tanovul qilish serotonin miqdorini oshirib beradi.
Baxt gormonlari faolligi odatda kunduzgi soat 12:00 da yuqori nuqtaga chiqadi. Ularning ishlab chiqarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar ham bor. Bular:
• Stress
• Spirtli ichimliklar
• Tamaki chekish
• Notoʻgʻri ovqatlanish
• Antidepressantlar
• Infeksion va virusli kasalliklar
• Insonning oʻziga nisbatan past baho berishi
• Jismoniy faollikning yoʻq ekanligi
Qanday yeguliklar baxt gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi?
• Apelsin
• Qulupnay
• Ananas
• Banan
• Qora smorodina
• Shokolad
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!