$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
28° Kechasi 15°

Xorijiy investorlar va milliy kompaniyalarni himoya qiluvchi qonun loyihasi rad etildi

12:50 / 28.02.2020

Bugun, 28-fevral kuni Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirayotgani haqida xabar bergan edik. Mazkur majlisda “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonun loyihasi ham muhokamaga qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Senat Matbuot xizmati.

Mazkur Qonun zarurati bir qator omillar bilan asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitraj sudlarining faoliyatini tashkil etish va tugatish tartibini huquqiy tartibga solish, ular faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilash, xorijiy investorlar, shuningdek milliy kompaniyalarni chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash kabi omillar shular jumlasidan.

Biroq, senatorlar tomonidan Qonunda qator konseptual kamchiliklar mavjudligi ekanligi ta’kidlangan. Masalan, Qonunning 3-moddasida uning qo‘llanilish sohasi belgilangan bo‘lsa-da, xalqaro tijorat arbitraji tushunchasi va tamoyillari ochib berilmagan.

Shuningdek, 6-moddada Qonunning qo‘llanilish sohasini batafsil izohlash o‘rniga hal qilish uchun xalqaro tijorat arbitrajiga topshirilishi mumkin bo‘lgan nizolar sanab o‘tilgan. Senatorlarning fikricha, ushbu normada xalqaro tijorat arbitraji ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan nizo predmeti to‘liq yoritilmagan. Bu va boshqa kamchiliklar tufayli Qonunni jiddiy takomiliga yetkazish zarurligi ta’kidlandi. Qonun senatorlar tomonidan rad etildi, deyiladi xabarda.

Senatorlar 50 ming kishini qiynayotan muammoni hal qiluvchi qonunni ma’qullashdi


Bu ham qiziq

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

2025-yil mart oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar hajmi 8,8 foizga kamayib, 20,4 mingni tashkil etdi. B…
21:14 / 29.04.2025
Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi xorijiy IT-kompaniyalardan soliq tushumlari qariyb 1,5 barobarga oshdi.
18:41 / 30.04.2025
Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025
AQShdan 100 nafardan ortiq noqonuniy o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

AQShdan 100 nafardan ortiq noqonuniy o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

Ushbu operatsiya uchun Nyu York-Toshkent yo‘nalishida maxsus reys tashkil etiladi.
08:24 / 30.04.2025
Shavkat Mirziyoyev nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy ta’limda si…
20:02 / 30.04.2025
Farg‘onaga 24 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Farg‘onaga 24 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Farg‘ona viloyatiga jamoat transporti uchun Xitoydan 24 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokiml…
19:10 / 30.04.2025
Prezident yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi

Prezident yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga qilgan safari davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan vagonlar va Urganch-Xiva elektrlasht…
21:04 / 01.05.2025
Bugun poytaxtning ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha bo‘lmaydi

Bugun poytaxtning ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha bo‘lmaydi

Ta’mirlash ishlari tufayli Yangihayot, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 30-aprel kuni soat 10:00 da…
10:00 / 30.04.2025
O‘zbekistonda qancha kichik korxonalar borligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha kichik korxonalar borligi ma’lum qilindi

2025-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda 1,2 milliondan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat yuritm…
19:03 / 29.04.2025
Tramp Putinning urushni to‘xtatishiga ishonishini aytdi

Tramp Putinning urushni to‘xtatishiga ishonishini aytdi

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, garchi Rossiya qo‘shinlari hujumlarni davom ettirayotgan bo‘lsa-da, Vladi…
12:44 / 30.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!