$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

FORBES: 2014 yilning eng omadli va eng omadsiz avtomobillari

09:28 / 13.11.2014

“Consumer Repors” jurnali 2014 yilda dunyoning katta avtokorxonalari taqdim etgan yangi modellarni o‘rganib, iste'molchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazdi hamda kuzatuv natijalarini e'lon qildi.

So‘rovnomalarda xaridorlar qaysi mashinaning qanday kamchiligi va afzalliklari bor ekanini qayd etishgan. Ba'zi mashinalarda yig‘ishdagi kamchiliklar, ba'zilarida sifatsiz bo‘yash holatlari, dvigateldagi muammolar, yana ba'zilarida esa uzatuv qurilmasidagi va boshqa turdagi mexanik nosozliklar uchragan. Shuningdek, navigatsiya moslamalarida, simsiz bog‘lanuvchi qurilmalarda va video displeylarda ham xatoliklar mavjudligi aniqlangan.

Gibrid toifasidagi mashinalar orasida ko‘p shikoyatlar “Ford C-MAX Hybrid” modeli borasida kelib tushgan. Mashinaning o‘tgan yilgi varianti ham axborot tizimidagi nuqsonlar tufayli ko‘p martalab avtohalokatlarga uchragan va 2013 yilning eng omadsiz avtomobili, deb baholangan edi. Kompaniya kamchiliklarni bartaraf qilgan holda, keyingi yil uchun yangi markalarni tayyorlash ustida ishlamoqda.

Lyuks toifasidagi avtomobillar orasidagi eng yomon natija “Mercedes CLA 250” modeliga tegishli. Bu aslo ajablanarli holat emas. Chunki modelning multimedia tizimi bu borada o‘tgan yili tanqidlar nishoniga aylangan “InfinitiQX60” modelidan aynan ko‘chirib olingan.

“Fiat Chrysler” ishlab chiqargan “Fiat 500L” umumiy reytingda barcha toifalar bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu model kichkina “Fiat 500”ning uzunlashtirilgan varianti bo‘lib, haydovchilar bu mashinaning qanot oynalari, uzatuv qurilmasi, elektr tizimi, konditsioneri va multimediya imkoniyatlaridan ham norozi bo‘lishgan.

Shuningdek, “Dodge”, “Jeep”, “Ram” va “Chrysler”ning boshqa modellarida ham mexanik buzilishlar va multimediya imkoniyatlarining qoniqarli emasligi kuzatilgan.

 

“Toyota”, “Lexus” va “Scion” avtokonsernlari yaratgan modellar esa har jihatdan muvaffaqiyatli, deb topilgan. Bu kompaniyalar mahsulotlari ideal darajada bo‘lsa, “General Motors”ning “Cadillac” va “Buick” brendlari yaxshi rivojlanish jarayonida ketayotgani e'tirof etilgan.

Yilning eng yaxshi kompakt avtomobili – Scion xB 

Yilning eng yomon kompakt avtomobili – Fiat 500L 


Yilning eng yaxshi gibrid avtomobili – Lexus CN 200h

 

Yilning eng yomon gibrid avtomobili – Ford C-MAX Hybrid 


Yilning eng yaxshi o‘rta klass avtomobili – Wolkswagen Passat 1.8T 

Yilning eng yomon o‘rta klass avtomobili – Nissan Altima  


Yilning eng yaxshi lyuks salonli avtomobili – Lexus IS 350

 

Yilning eng yomon lyuks salonli avtomobili – Mersedes-Benz CLA 250 


Yilning eng yaxshi sport mashinasi tipidagi kabriolet – Honda Civic Si 


Yilning eng yomon sport mashinasi tipidagi kabriolet – Subaru`s BRZ 

Yilning eng yaxshi universal avtomobili (miniven) – Audi Allroad 


Yilning eng yomon universal avtomobili (miniven) – Chrysler Town 


Yilning eng yaxshi kompakt avtomobili (keng sig‘imli) – Mitsubishi Outlander Sport


Yilning eng yomon kompakt avtomobili (keng sig‘imli) – Jeep Cherokee


Yilning eng yaxshi kompakt avtomobili (o‘rta sig‘imli) – Toyota Highlander


Yilning eng yomon kompakt avtomobili (o‘rta sig‘imli) – Nissan Pathfinder


Yilning eng yaxshi lyuks avtomobili (keng sig‘imli) – Lexus RX


Yilning eng yomon lyuks avtomobili (keng sig‘imli) – Infiniti QX60


Yilning eng yaxshi pikap rusumli avtomobili – Toyota Tundra


Yilning eng yomon pikap rusumli avtomobili – Diesel Ram 2500 va Diesel Ram 3500


Bu ham qiziq

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Haydovchilarga muqobil yo‘llardan yurish tavsiya qilingan
21:14 / 03.07.2025
Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ma’lumot uchun, Ijevsk Rossiya Federatsiyasidagi Udmurtiya Respublikasining poytaxti hisoblanadi. Shahar mashinasozlik va qu…
14:42 / 01.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
Yigit kishiga qirq hunar oz

Yigit kishiga qirq hunar oz

Namangandagi koloniyadagi mahkumlarga oshpazlikdan saboq berildi
22:23 / 03.07.2025
2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:49 / 03.07.2025
Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Raybird turkumidagi razvedka dronlari Britaniyada ishlab chiqariladi va Ukraina hamda NATO armiyalariga yetkazib beriladi.
16:51 / 03.07.2025
AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

Xabar berilishicha, AQSh Senati “One Big Beautiful Bill” nomli soliqlar va byudjet xarajatlariga oid keng qamrovli qonun loy…
16:40 / 02.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!