Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantasiyasi uchun donor, bemorning yaqin qarindoshi bo‘lishi kerak, degan cheklov bekor qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Bu haqdagi o‘zgarish deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan "Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantasiyasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasida belgilanmoqda.
Endilikda donor sifatida o‘zidan a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantasiya uchun olinishiga ixtiyoriy ravishda, bepul asosda, notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan inson tushuniladi.
Amaldagi tahrirda donor-bemorga transplantatsiya qilish uchun organlari, to‘qimalari va (yoki) xujayralarini o‘z ixtiyori bilan berayotgan inson tushunilib, u uch yildan ortiq nikohda bo‘lgan er-xotinlar va ularning oldingi turmushidan bo‘lgan farzandlari, to‘g‘ri va yon tarafdan bo‘lgan qarindoshlari, shuningdek, o‘gay ota, o‘gay ona, o‘gay o‘g‘il, o‘gay qiz va oila haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olingan bolalar tirik donor bo‘lishi mumkin edi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib Senatga yuborildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!