$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
33° Kechasi 20°

Ishlatilgan “iPhone” olyapsizmi? Unda bularni bilishingiz kerak

21:38 / 18.02.2020

Qo‘ldan sotib olingan “iPhone” yangi egasiga bir qancha noxush syurprizlarni tayyorlab turgan bo‘lishi mumkin. Undagi bir qator funksiyalar ishdan chiqqan, ekrani almashgan va eng yomoni, o‘g‘irlab, sotilayotgan hollar ham uchrab turadi. Bu kabi noxush holatlar boshingizga tushmasligi uchun Sizga tutilgan “iPhone” tanlash sirlarini o‘rgatamiz.
 
Sim-karta solinadigan joyi sinmagan “iPhone”ni tanlang
“iPhone” xarid qilyapsiz. Ahvoli juda yaxshi, korpus va ekrani zararlanmagan, barcha funksiyasi ishlayapti. Faqatgina sim-karta solinadigan joyi singan. Mazkur e’lonni o‘qishingiz bilan bu variant boshqalariga nisbatan yaxshiroq tuyuladi. Xuddiki, singan joyni ta'mirlatib, ishlatib ketadigandek. 
Shoshmang! Bu - firibgarlar tuzog‘i. Siz  telefonni yoqqan zahoti o‘z manzil va tilingizni kiritasiz. Ekranda "sim-kartani joylashtiring", degan yozuv paydo bo‘ladi. Biroq ta'mirlashdan so‘ng mobil telefonni faollashtirish mumkin bo‘lmay qoladi. Chunki “Apple” “iPhone”ning ID-manzili va parolini so‘raydi. Aslida esa qurilma o‘g‘irlangan va o‘g‘rilar uni sotayotganda yangi egasi tekshirib ko‘ra olmasligi uchun sim-karta tiqadigan joyini atayin sindirishadi. Sabab oddiy. Telefonning avvalgi egasi qurilma o‘g‘irlangan zahoti uni "iCloud" orqali qulflab qo‘yadi. 
Shu sababli, “iPhone”ga pul to‘lashdan avval uni sim-karta bilan faollashtirib ko‘ring. Agar ekranda faollashish amalga oshmagani haqida xabar paydo bo‘lsa, bu qurilmani xarid qilmagan ma’qul. 
 
Gadjetni ko‘zdan kechiring
“iPhone” sotib olayotganda chiroqni yoqib, quvvat oladigan joyini tekshiring. U yerda biror-bir tirnalish yoki shikastlanish alomati bo‘lmasligi kerak. Aks holat qurilmaning ochilganligini anglatadi. Shuningdek, quvvatlovlovchi manbalarga ham e’tibor bering. Ishlaydigan qurilmaning simi ezilgan va qisilgan bo‘lmaydi. Yana “Home” tugmasini ham nazardan qochirmang, u “iPhone”ning rangidan farq qilmasligi kerak. Shu tugmadagi har qanday o‘zgarish shubhali bo‘ladi. Unda juda ko‘p zaruriy funksiyalar, xususan, “Apple Pay” ishlamasligi mumkin.

Ekranga ham alohida ahamiyat bering
Almashtirilgan ekran korpusdan chiqib turadi, yaxshi yopishtirilmagan, rasmlar xira, bosilganda sensor darhol reaksiya bermaydi. Bu vaziyatda xariddan voz kechgan ma'qul. Original bo‘lmagan ekran batareyasi tez tugaydi, yerga yengil urilganda yoki harorat tushib ketganda yorilib ketishi mumkin. Shuningdek, ko‘pchilik original bo‘lmagan qurilmada “True Tone” texnologiyasi ishlamaydi. Ya’ni “iPhone” yorug‘likka moslashmaydi va ishlatganda ko‘zlar yorug‘likka ko‘nikolmay, charchaydi. Buni “Sozlamalar — Ekran va yorug‘lik” buyruqlari orqali tekshirib olishingiz mumkin. 
Telefon batareyasini ham “Sozlamalar – Akkumulyator - Akkumulyator holati - Maksimal imkoniyatlar” buyruqlari ketma-ketligini terib, tekshirib ko‘ring.

Qurilmaning IMEI raqamini tekshiring
Har bir “iPhone”da 15 raqamdan iborat IMEI-identifikatori bo‘ladi. U, odatda, sim-karta solinadigan joy, telefon qutisida aks etgan bo‘ladi va “Sozlamalar - Asosiylari — Shu qurilma haqida” buyruqlari ketma-ketligidan keyin ham chiqib keladi. Bu uchala raqam bir-biriga mos tushishi kerak. 
Shuningdek, model raqamini ham tekshirib ko‘rish lozim. Uni menyudagi “Qurilma haqida” buyrug‘idan topishingiz mumkin. Birinchi harf “iPhone”ning yig‘ilgan joyi, M – chakana savdo uchun yangiligi, F – qayta ishlab chiqarilgani, N – smartfon garov shartnomasiga binoan o‘zgartirilgani, P esa – individual shaxs nomi o‘yib yozilgan “iPhone” ekanligini anglatadi.   
 
Qutisini sinchiklab tekshiring
“Apple” kompaniyasi nafaqat qurilmaning o‘zi, balki uning qutisiga ham alohida e’tibor bergan. Shunday ekan, qutida yelim va o‘chadigan bo‘yoq izlari bo‘lmasligi kerak. Haqiqiy qutida o‘chmaydigan poligrafiya yozuvi aks etadi, xolos.
 
Qurilmaning tarixi bilan qiziqing
“iPhone” xarid qilayotganda uning buzilgan-buzilmagani, qaysi servis markazida ta'mirlanganini sinchiklab surishtiring. Agar telefon rasmiy servis markazda ta’mirlangan bo‘lsa, xavotirlanishga hojat yo‘q, biroq duch kelgan ustaga tuzattirilganini sezsangiz, yaxshisi bu xariddan voz keching.

 “iCloud”dan telefonni uzib qo‘yishni unutmang
Buni “iCloud”da "Sozlamalar – Mening hisobim - Chiqish" menyusi orqali amalga oshirishingiz mumkin. Faqat bu o‘rinda qurilmaning avvalgi egasi paroli ham kiritiladi. Shu buyruq bajarilmasa, qurilma bloklanib, barcha fotosurat va yozishmalarga kirish huquqidan mahrum bo‘lishingiz mumkin.


Bu ham qiziq

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025
AQSh Puerto-Rikoga 10 ta F-35 qiruvchi samolyotini yuboradi

AQSh Puerto-Rikoga 10 ta F-35 qiruvchi samolyotini yuboradi

Ushbu faollikni Venesuela rahbari o‘z mamlakati uchun katta tahdid deb atadi
20:13 / 05.09.2025
“900 minga yaqin ish o‘rni hisobotga qo‘shib yozilgan” — Nig‘matilla Yo‘ldoshev

“900 minga yaqin ish o‘rni hisobotga qo‘shib yozilgan” — Nig‘matilla Yo‘ldoshev

Holat yuzasidan tegishli qonuniy choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi.
11:27 / 06.09.2025
Isroil 2023-yildan beri 19 ming falastinlikni hibsga oldi

Isroil 2023-yildan beri 19 ming falastinlikni hibsga oldi

Isroilning so‘nggi 24 soat ichida G‘azoga uyushtirgan hujumlari natijasida 69 falastinlik halok bo‘lgan.
12:22 / 06.09.2025
Tennis. US Open yarim finalida Alkaras Jokovichdan ustun keldi

Tennis. US Open yarim finalida Alkaras Jokovichdan ustun keldi

Ispaniyalik tennischi finalda Yannik Sinner bilan to‘qnashadi.
11:40 / 06.09.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
19:01 / 06.09.2025
Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ko‘magida Qozon shahrida og‘ir kasallikka chalingan hamyurtimiz vatanga qaytarildi”, – de…
09:30 / 06.09.2025
Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib kirgan shaxslar ushlandi

Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib kirgan shaxslar ushlandi

Namangan shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 246 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan ji…
10:24 / 06.09.2025
Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda yong‘in…
15:56 / 06.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!