Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Prokuratura Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tumanida yashovchi fuqaro I.I. boshqa bir fuqaro O‘.ning farzandini tanishlari orqali O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga esa undan 3 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur voqea yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida $6 mingga “pedinstitut”ga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchi qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!