Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri kiritildi. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Alisher Qodirov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mas’ul qo‘mita tomonidan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi dasturidagi asosiy masalalardan biri sifatida ushbu qonun loyihasini jiddiy muhokama qilishga tayyorlanmoqda.
Shu bilan birga, bugungi kunda qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 33-moddasida partiya fraksiyasining tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasida barcha normativ huquqiy hujjatlarni o‘zbek tilida qabul qilinishi belgilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq matni davlat tilida bo‘lmagan boshqa tilda kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari regulation.gov.uz portal ma’muriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chirilishi ma’lum qilingan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!