Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Imom Termiziy” nomidagi yangi madrasa tashkil etildi. Bu yerda o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, mazkur madrasa Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 17−18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tashkil etilgan.
Ta’lim muassasasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy muassasa bo‘lib, bu yerda o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi.
Mazkur ta’lim muassasasiga 2020−2021-o‘quv yili uchun abituriyentlar qabul imtihonlari asosida o‘qishga qabul qilinadi. Abituriyentlardan hujjat qabul qilish 2020-yilning 15-iyundan boshlab onlayn shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Ta’lim muassasasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari o‘tkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib boriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!