$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Yalmog‘iz kampir (1-qism)

20:48 / 26.05.2020

Qadim o‘tgan zamonda er-xotin yashagan ekan, ularning bitta-yu bitta qizi bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kun xotin dardga chalinib vafot etibdi. Er rosa qayg‘uribdi, oxiri boshqa xotinga uylanishga majbur bo‘libdi. O‘gay ona qizni sira yoqtirmas, unga tinimsiz azob berar, urar, so‘kar, xo‘rlagani-xo‘rlagan ekan.
Bir safar otasi qayoqqadir ketganida o‘gay ona qizga:
– Opamnikiga borib, undan igna-ip olib kel – senga ko‘ylak tikib beraman, – debdi.
O‘gay onaning opasi qoqsuyak jodugar ekan. Qizaloq o‘gay onasining gapini qaytarishga botinolmabdi va yo‘lga tushibdi. Lekin avval o‘zining xolasinikiga kirib o‘tishga qaror qilibdi.
– Salom, xolajon! – debdi.
– Salom, jigargo‘sham, tinchlikmi? – deb so‘rabdi xolasi.
– O‘gay onam opasinikiga igna-ip keltirishga yubordi – menga ko‘ylak tikib berarmish, – debdi qizcha.
– Yaxshi, jiyanginam, – debdi xolasi. – Mana senga tasma, yog‘-non va go‘sht. Yodingda tut: qayrag‘och yuzlaringga shoxlari bilan savalaydi – sen uni tasma bilan bog‘lab qo‘y; darvoza g‘ijirlab, qarsillab yo‘lingni to‘sadi – sen uning oshiq-moshig‘iga yog‘ surkab qo‘y; seni itlar talashga urinadi – sen ularga non tashla; mushuk ko‘zlaringga chang solmoqchi bo‘ladi – sen unga go‘sht ber.
Qizaloq xolasiga minnatdorchilik bildiribdi va yo‘lga tushibdi. Yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib o‘rmonga yetib kelibdi. Qarasa, baland ihota ortida tovuq oyoqli, qo‘chqor boshli yog‘och kulba turganmish. Kulba ichida qoqsuyak yalmog‘iz kampir kanopdan kiyim tikib o‘tirganmish.
– Salom, xolajon! – debdi qizcha.
– Salom, jiyancham! – debdi yalmog‘iz kampir. – Senga nima kerak?
– Meni o‘gay onam igna-ip olib kel deb yubordi – menga kiyim tikib berarmish.
– Juda soz, jiyancham, senga igna-ip beraman, hozircha menga qarashib yubor.
Qizaloq oyna yonida o‘tirib yalmog‘izning ishini davom ettiribdi. Yalmog‘iz kampir kulbadan chiqib, xizmatkoriga:
– Men hozir uxlashga yotaman, sen borib hammomni isit va jiyanchamni yaxshilab cho‘miltir. Uxlab turganimdan keyin uni yamlamay yutaman! – deb buyuribdi.
Bu so‘zlar qizchaning qulog‘iga chalinibdi va qo‘rquvdan qilt etmay o‘tiraveribdi. Yalmog‘iz kampir ketishi bilan xizmatkorga:
– Azizim, o‘tinaman sendan, o‘choqqa qancha o‘tin qalasang, shuncha ustiga suv sep, – deb yalinibdi va unga dastro‘mol sovg‘a qilibdi.
Xizmatkor hammomni suvga bostirib yuboribdi.
Yalmog‘iz kampir uyg‘onib, oynaning oldiga kelibdi va so‘rabdi:
– Tikyapsanmi, azizim, tikyapsanmi?
– Tikyapman, xolajon, tikyapman, – deb javob qaytaribdi qizcha.
Yalmog‘iz kampir yana uxlashga yotibdi. Qizcha mushukka go‘sht berib:
– Mushukvoy, menga bu yerdan qanday qochishni o‘rgat, – debdi.
– Stol ustida sochiq bilan taroq turibdi, ularni ol va tezroq juftakni rostla. Aks holda, jodugar seni sog‘ qo‘ymaydi! Yalmog‘iz ortingdan quvadi – qulog‘ingni yerga qo‘yib tingla. Jodugar senga yetay-yetay deganida taroqni tashla – qalin o‘rmon paydo bo‘ladi. U o‘rmonni kesib o‘tgunicha ancha joyga yetib borasan. Agar yana ortingdan quvayotganini eshitsang, sochiqni tashla – chuqur va keng daryo paydo bo‘ladi, – debdi mushuk.
– Rahmat senga, mushukvoy! – debdi qizaloq va sochiq bilan taroqni olib qochib ketibdi. Itlar unga tashlanib tishlashga uringan ekan, qizcha ularni non bilan siylabdi. Itlar uni qo‘yib yuborishibdi. Darvoza g‘ichirlab yo‘lni bekitmoqchi bo‘lgan ekan, qizcha uning oshiq-moshig‘iga yog‘ surkabdi. Darvoza uni o‘tkazib yuboribdi. 
Qayrag‘och shovqin solib qizchaning yuzlariga savalamoqchi bo‘lgan ekan, qizcha unga tasma bog‘lab qo‘yibdi. Qayrag‘och uni o‘tkazib yuboribdi. Qizcha bor kuchi bilan qochishga tushibdi.
Bu paytda mushuk oyna ostiga o‘tirib, qizchaning o‘rniga kiyim tikishga kirishibdi. Ming chiransa ham sira o‘xshamasmish. 
(…davomi keyingi sonda)


Bu ham qiziq

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!